Donald Tramp Oq uy oldida jurnalistlar bilan suhbatlashgach vertolyotga yo‘l olmoqda – Aprel, 2025 yil / Foto: AP

4 may kuni Pulitser mukofoti qo‘mitasi jurnalistika va san’at yo‘nalishlarida xizmat qiluvchi 24 nafar g‘olib ro‘yxatini e’lon qildi.

Mukofot administratori Marjori Miller o‘zining kirish nutqida jurnalistika va ijodiy ishlarga nisbatan tarqalgan ham siyosiy, ham iqtisodiy bosimlarni sanab o‘tdi. Miller, shuningdek, AQSh Konstitutsiyasidagi Birinchi tuzatish (din, so‘z va matbuot erkinligi) hamda mustaqil matbuotning ahamiyatini ta’kidladi.

«Afsuski, buni hozir yana takrorlashga to‘g‘ri kelmoqda. Chunki Oq uy va Pentagonga OAV kirishi cheklangan, ko‘chalarda so‘z erkinligi xavf ostida. Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti bir nechta OAVga qarshi tuhmat va g‘arazgo‘ylik uchun milliardlab dollarlik da’volar qo‘zg‘atgan», dedi u.

Marjori Miller

Ammo «ko‘plab qat’iyatli va iqtidorli insonlar sharofati bilan bu sohalar hamon kuchli», deya qo‘shimcha qildi Miller.

G‘olib bo‘lgan ko‘plab hikoyalar o‘tgan yili Oq uyga qaytganidan beri institutsional normalarni ostin-ustun qilgan va AQShning mamlakat ichidagi hamda xorijdagi rolini qayta shakllantirgan Tramp ma’muriyati haqidagi hisobotlar edi.

Jurnalistik yo‘nalishdagi barcha mukofotlar

Eng oliy mukofot – Jamoat xizmati (Public Service)Washington Post nashriga berildi. Ular Tramp ma’muriyatining milliarder Ilon Mask bilan birga federal idoralarni tartibsiz qayta tashkil etishidagi maxfiylik pardasini ochib bergan. Shuningdek, maqolalarda