Adliya vazirligi «Özbekiston Respublikasining davlat ramzlarini tayyorlaş, saqlaş va yöq qiliş tartibini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi hukumat qarori loyihasini işlab çiqdi.
Hujjat loyihasi bilan Davlat bayroği, Davlat gerbi tasviri hamda Davlat gerbi tasviri tuşirilgan muhrlar va hujjatlar blankalarini tayyorlaş, foydalaniş, saqlaş va yöq qiliş tartibi töğrisidagi nizomlar tasdiqlanişi kutilmoqda.
Hujjatga köra, davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari ikki oy muddatda öz ixtiyorida bölgan Özbekiston Respublikasining davlat ramzlarini xatlovdan ötkazadi.
Xatlov natijalariga köra belgilangan talablarga javob bermaydigan, şu jumladan foydalaniş uçun yaroqsiz xolga kelgan Özbekiston Respublikasining davlat ramzlari almaştirilişi va belgilangan tartibda yöq qilinişini ta’minlaydi.
Özbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tuşirilgan muhrlar va hujjatlar blankalari mazkur qarorning talablariga qat’iy rioya etgan holda tayyorlanişi va foydalanilişini ta’minlaydi.
Belgilanişiça, Özbekiston Respublikasining davlat ramzlarini yöq qiliş:
davlat hokimiyati organlari, respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida saqlanayotgan davlat ramzlari böyiça uşbu organlarning özi tomonidan;
jismoniy şaxslar va nodavlat yuridik şaxslarda saqlanayotgan davlat ramzlari böyiça ularni istalgan tuman (şahar) içki işlar organiga topşiriş orqali içki işlar organlari xodimlari tomonidan amalga oşiriladi.
















