Hantavirus tarqalişi qayd etilgan MV Hondius kruiz kemasidagi ispaniyalik yölovçilarning birinçi guruhi layner Tenerife oroliga yetib kelgaç, evakuatsiya qilindi. Bu haqda Ispaniya Soğliqni saqlaş vazirligiga tayanib The Guardian xabar berdi. Xabarga köra, 1 aprel kuni Argentinadan yölga çiqqan layner 10 may kuni Tenerifega yetib kelgan.

Hukumat bayonotida aytilişiça, evakuatsiya qilingan ispanlar dastlab Granadilya portiga olib boriladi. U yerdan esa harbiy avtobuslarda aeroportga olib kelinib, söngra Ispaniya hukumati samolyotida Madridga evakuatsiya qilinadi. Ular poytaxtda karantinga joylaştiriladi.

Reuters agentligining yozişiça, ulardan keyin kemani niderlandiyaliklar guruhi tark etadi. Germaniya, Belgiya va gretsiyalik sayyohlar ham ularning samolyotida olib ketiladi, deb ma’lum qildi Ispaniya soğliqni saqlaş vaziri Monika Garsiya. Söngra Turkiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQŞ sayyohlari kemani tark etadi.

«Operatsiya doirasidagi oxirgi reys Avstraliyadan keladi. Bu eng murakkab reys, u ertaga kunning ikkinçi yarmida yetib keladi», — dedi Garsiya.

Uning qöşimça qilişiça, bu reysda Avstraliya, Yangi Zelandiya va Osiyoning boşqa mamlakatlaridan olti nafar kişi olib ketiladi.

May oyi boşida Argentinadan Kabo-Verdega ketayotgan MV Hondius kruiz kemasida hantavirus tarqalişi qayd etilgan edi. Birinçi bemor Janubiy Amerika böylab sayohat vaqtida virusni yuqtirib olgan. Virus taşuvçilari bilan aloqa u quşlarni kuzatiş joylariga borganida sodir bölgan.

Kema bortida 150 kişi bölgan. Ularning asosiy qismi AQŞ, Buyuk Britaniya, Ispaniya va Niderlandiya fuqarolaridir.

JSST ma’lumotiga köra, virus tarqalişi bilan boğliq sakkizta holat aniqlangan bölib, uç nafar bemor vafot etgan. Hantavirus – viruslarning bir turi bölib, u odamga asosan kemiruvçilarning qurigan axlati tarkibidagi zarraçalar bilan nafas oliş orqali yuqadi.

Şuningdek, kemiruvçilar tişlaşi yoki tirnaşi orqali tarqalişi mumkin.

U oğir respirator kasalliklarni keltirib çiqaradi. Odamdan odamga yuqişi esa juda kam uçraydi.