BAA va Pokiston örtasidagi bugungi keskinlik tasodifiy holat emas. Sönggi yillarda Eron, Saudiya Arabistoni va Isroil atrofidagi geosiyosiy jarayonlar Abu-Dabi va Islomobodning qaraşlari örtasidagi farqni yanada çuqurlaştirdi. Qalin iqtisodiy aloqalarga ega ikki musulmon ölkasi bugun geosiyosiy masalalarda ikki tomonda turib qoldi.
Mavzuga Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar Şavkat Ikromov va Kamoliddin Rabbimov izoh berdi.
— Birlaşgan Arab Amirliklari AQŞ–Eron uruşida Pokistonning vositaçiligidan nega norozi?
Şavkat Ikromov: Bugungi keskin geosiyosiy vaziyat fonida eski ziddiyatlar ham yana yuzaga çiqmoqda. Muammoning ildizi 2025 yilda Saudiya Arabistoni va Pokiston örtasida imzolangan mudofaa şartnomasiga borib taqaladi. Uşbu kelişuvga köra, tomonlardan biriga tahdid yuzaga kelganda, ular birgalikda harakat qilişi kerak edi. Bu esa mintaqadagi kuçlar muvozanatiga bevosita ta’sir körsatadigan jiddiy harbiy hamkorlik sifatida baholandi.
Saudiya Arabistoni va BAA taşqi tomondan yaqin hamkor bölib körinsa-da, Yamanda va ayrim Afrika hududlarida manfaatlar töqnaşuvi sabab raqobat olib borayotgan edi. Şu bois Pokistonning Saudiya bilan yaqinlaşuvi Abu-Dabida salbiy qabul qilindi. Şundan söng BAA Pokistonga nisbatan bosim vositalarini asta-sekin kuçaytira boşladi.
Xususan, Pokiston iqtisodiyoti uçun muhim bölgan kreditlar va investitsiyalarning katta qismi aynan BAA tomonidan ajratilgan edi. Turli manbalarda qarz miqdori 2,5–3,5 milliard dollar atrofida ekani aytiladi. Hozir Abu-Dabi uşbu mablağlarni qaytariş masalasini faol kötarmoqda. Bu paytda Pokiston iqtisodiyoti oğir davrni boşdan keçirmoqda. Xalqaro iqtisodiy körsatkiçlarga köra, mamlakat moliyaviy bosim ostida qolmoqda va qarzlarni tezda qaytariş imkoniyati çeklangan. Pokiston parlamentidagi ayrim bayonotlar esa BAAdagi norozilikni yanada kuçaytirdi.
BAA keyingi yillarda mintaqadagi xavfsizlik siyosatini ham qayta şakllantirdi. Pokiston–Saudiya yaqinlaşuviga javoban Abu-Dabi Hindiston bilan aloqalarni mustahkamladi, Isroil bilan ham harbiy va texnologik hamkorlikni kengaytirdi. Hatto Eron bilan keskinlik kuçaygan pallada Isroilning “Temir gumbaz” tizimi va mutaxassislari ham BAAga yuborilgan. Bundan taşqari, Amirliklar Janubiy Koreya, Braziliya va boşqa davlatlardan ham zamonaviy mudofaa tizimlarini xarid qilgan.
















