Hukumat qarori bilan 1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun yangilangan tariflar e’lon qilindi. Turizm qişloğida texnogen portlatişlar – Samarqanddagi Oqböyra mahallasida osmondan toş yoğildi. Issiqxonani isitişda mazut, bitum va şina yoqqanlik uçun jarimalar belgilandi. Pedagoglar farzandi uçun kontrakt töloviga 30 foizlik çegirma töğrisidagi qonun loyihasi muhokamaga qöyildi. Poraxör kim? – Aksilkorrupsiya agentligi korrupsionerning yangi portretini tayyorladi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.

Turizm qişloğidagi texnogen portlaş - Oqböyrada osmondan toş yoğildi

Samarqand tumanidagi Oqböyra turizm qişloğida 15 aprel kuni sodir bölgan portlaşdan keyin aholi özini uyida emas, göyo front çiziğida yaşayotgandek his qilmoqda. Fuqarolarning sözlariga köra, portlaş oqibatida uylar tomiga toşlar yoğilgan, devorlarda yoriqlar paydo bölgan. Ayrimlar bolalari qörqib ketganini aytsa, yana bir fuqaro kattagina toş tunuka tomni yorib kirganini ma’lum qildi.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi bergan izohga köra, qişloq yaqinidagi «Mironqul-III» konida portlatiş işlari «Agro Technology Group» MÇJ hamda «Hisor Tog» MÇJ örtasida tuzilgan pudrat şartnomasi asosida amalga oşirilgan.

Vazirlikka köra, portlatiş oqibatida tog‘ jinslari 357 metr masofadagi hududga yetib borgan bölib, bu holat «texnologik reglamentdan çetlaniş» sifatida baholangan. Aytilişiça, yetkazilgan moddiy zarar korxona tomonidan qoplangan.

Issiqxonani isitişda mazut, bitum va şina yoqqanlik uçun jarimalar belgilandi

Yoqilği hisoblanmaydigan materiallarni, şuningdek, çiqindilarni yoqib yuborganlik uçun jarimalar joriy etiladi. Tegişli qonun prezident tomonidan 4 may kuni imzolandi va 5 avgustdan kuçga kiradi.

Endi quyidagilar ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblanadi: