Bugun global axborot maydonida kun tartibini uruşlar belgilab beryapti. Eng yirik ikki uruş – dunyo hamjamiyati diqqat markazida.

2022 yil fevralida Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga bostirib kirdi. Bir qança Ğarb davlatlari razvedka xizmatlarining ogohlantirişiga qaramasdan, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişiga hatto prezident Zelenskiy ham işonmagan edi. Mana, oradan tört yildan oşib, beşinçi yil ketmoqdaki, Rossiya Ukrainani bosib ololmadi. Aksinça, RFning özi özini mudofaa qilayotgan davlatga aylandi: Ukraina bu uruşni Rossiya hududiga, uning neft va strategik harbiy obektlari sohasiga ham olib kirişga muvaffaq böldi.

2026 yilning fevralida AQŞ va Isroil birgalikda kutilmaganda Eronga qaqşatqiç hujumlar qildi, Eron oliy rahbariyatini hamda köplab siyosatçilar va harbiy qumondonlarni öldirdi. Tramp va Netanyahu umid qilgan ediki, Eron oliy rahbariyatining öldirilişi Eronda siyosiy özgarişlarni boşlab beradi. Biroq bunday bölib çiqmadi. Eron siyosiy tizimi yiqilmadi, aksinça, öz legitimligini mustahkamlagani ma’lum böldi.

Rossiya Ukrainaga özining imperiyaçilik loyihalarini amalga oşiriş maqsadida bostirib kirdi. Xuddi şunday, AQŞ ham Eronga özining gegemonligini körsatib qöyiş uçun, Yaqin Şarqda amerikaça tartibotni kuçaytiriş maqsadida uruş boşladi. Ya’ni bu ikkala uruşning ham zamirida – imperiyaçilik kayfiyati, imperiyaçilik loyihalari turadi.

Ikkala uruş ham xalqaro huquqqa köra, RF va AQŞ içki qonunlariga köra, noqonuniy, nolegitim uruş hisoblanadi. Çunki na Rossiya Federatsiyasi, va na AQŞ Ukraina yoki Eronga uruş qiliş uçun BMT Xavfsizlik Kengaşining roziligini olişga mutlaq harakat ham qilmadi, öz milliy parlamentlaridan rozilik olmadi. Ikkala uruş ham kutilmaganda, butun dunyoni aldagan holda, “biz heç qanday uruş qiliş niyatida emasmiz” degan manipulyatsiya va yolğonlar fonida boşlandi.

Ikkala uruşda ham bosqinçi tomon, ya’ni Rossiya Federatsiyasi va AQŞ Ukraina va Eronda qisqa muddatli va öta muvaffaqiyatli harbiy operatsiya ötkaziş niyatida edi. Putin Ukrainani 3–5 kunda egallab olişni közlagandi. Tramp ham Eronda qisqa vaqt içida rejimni özgartiriş rejasida edi.

Putin va Trampni birlaştiradigan yana bir omil – ularning ikkisi ham katta uruşni boşlaşdan oldin kiçik muvaffaqiyatli harbiy amaliyotdan ruhlangan edi.

Vladimir Putin uçun bu – 2014 yilgi Qrim operatsiyasi. Ma’lumki, 2014 yilda RF Qrim yarimorolini ikki kun içida maxsus operatsiya orqali Ukrainadan tortib olişga erişgandi. Bu, tabiyki, “Ukraina – öta zaif davlat” degan tasavvurlarni kuçaytiradi.