Har bir fond nechta raund yopdi ?

127 ta raunddan 80 tasi pre-seed, 42 tasi seed, 4 tasi Series A bosqichiga to‘g‘ri keldi va 1 ta raundda seriya ko‘rsatilmagan. Demak, bugungi kunda O‘zbekiston venchur bozorining asosiy bosqichi pre-seed hisoblanadi.
Qaysi fond pre-seed-startapga mos keladi?
O‘nta fonddan sakkiztasi pre-seed’da ishlaydi. Quyidagilar boshqalarga nisbatan faol:
● Aloqa Ventures: 36 raund, median chek $20 ming, diapazon $10 dan $300 minggacha
● IT Park Ventures: 17 raund, median chek $50 ming, diapazon $5 dan $150 minggacha
● UzVC: 7 raund, median chek $100 ming, diapazon $30 dan $150 minggacha
● Yoshlar Ventures: 7 raund, median chek $30 ming, barchasi O‘zbekistonda.
● CS//Angels: 6 raund, median chek $36 ming
● UC Ventures: 3 raund, median chek $100 ming
Agar startap eng dastlabki bosqichda bo‘lib, $15–30 ming so‘rasa, ro‘yxatdagi deyarli har qanday fond mos keladi. Agar asoschi pre-seed bosqichidayoq $100 ming so‘rasa, unda asosiy murojaat qilinadigan fondlar UzVC va UC Ventures bo‘ladi, kamroq hollarda esa Aloqa va IT Park’ning yuqori diapazoni mos keladi.
Oltita fond seed’da faol. Bu bosqichdagi cheklar orasida tafovut katta.

Aloqa va IT Park keng diapazonda ko‘plab seed bitimlarini amalga oshiradi. SQB Ventures faqat seed bosqichida ishlaydi: fondning barcha 5 ta raundi shu bosqichga to‘g‘ri keladi. UC Ventures va United Ventures kattaroq cheklar ajratadi, ammo bitimlar soni kamroq.
Tanlovdagi eng yirik seed-bitim: HeRo Study (Qozog‘iston), 2024 yil oktyabrda UC Ventures tomonidan kiritilgan $1,7 mln investitsiya.









