Bu haqda kompaniya rahbari Maksim Sokolov Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasidagi intervyuda ma’lum qildi.
«2026 yilga möljallangan umumiy maqsadimiz 25 ta bozorga çiqiş bölib, ularning aksariyati AvtoVAZ tarixida yangi hisoblanadi… Bular MDH mamlakatlari, Yaqin Şarq, Afrika, Lotin Amerikasi, qisman Janubi-Şarqiy Osiyo bozorlaridir… Hatto joriy yil doirasida Birlaşgan Arab Amirliklarida yangi dilerlik markazlari oçildi, Yaman va Ummonga yetkazib beriş boşlandi. Albatta, biz nafaqat Ozarboyjonda, balki Qozoğiston va Özbekistonda ham yiğiş böyiça hamkorlik loyihalarini kutmoqdamiz. Umid qilamanki, bu yil ular işga tuşiriladi, demak, avtomobillarimizning katta raqobatdoş ustunliklarini va şunga mos ravişda köproq sotuv hajmini ta’minlaydi», dedi Sokolov.
Ma’lumot uçun, 2021 yil sentabrida «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasidagi ADM Jizzakh korxonasida Lada avtomobillarini seriyali yiğiş boşlangan edi. Yirik uzelli yiğiş usulida (SKD) Vesta SW, LADA XRAY va Largus modellarini işlab çiqiş yölga qöyildi. Biroq, jarayon 2022-2023 yillar oraliğida töxtab qoldi.
Statistika agentligi 2024 yil iyul oyida Özbekistonda Lada işlab çiqariş qayta tiklangani haqida xabar berdi — bir oy içida konveyerdan oltita avtomobil çiqdi. Biroq avgust oyidan boşlab Rossiya brendi avtomobillarini işlab çiqariş yana töxtatildi.

















