Moskvada ötayotgan Jahon atom haftaligi doirasida bu borada ikkita bitim imzolandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin oçib bergan forumning oçiliş sessiyasida Özbekiston boş vaziri örinbosari Jamşid Xöjayev ham iştirok etib, bunday qöşma stansiya dunyo böyiça noyob loyiha bölişini aytdi.

Uning sözlariga köra, katta stansiya har biri 1000 MW quvvatga ega ikkita reaktor, kiçik stansiya esa har biri 55 MW quvvatga ega ikkita reaktordan iborat böladi. Şu tariqa, integratsiyalaşgan AESlar majmuasining umumiy quvvati 2,1 GW bölişi közda tutilgan.

Jamşid Xöjayev / Foto: Özatom agentligi matbuot xizmati

Qariyb 525 gektarlik maydondagi qöşma stansiya 2035 yilga borib yiliga 15,2 mlrd kWh elektr energiyasi işlab çiqaradi. Bu – Özbekistondagi bugungi kundagi umumiy iste’molning qariyb 15 foiziga teng, deya ma’lum qildi Jamşid Xöjayev.

Loyihaning moliyaviy tafsilotlari ma’lum emas.

Forum doirasida Özatom agentligining “AES qurilişi direksiyasi” DK va “Rosatom energetika loyihalari” AJ örtasida 2025 yil 20 iyundagi bitimga qöşimça bitim imzolandi. Hujjatda Özbekistonda integratsiyalaşgan AES quriş loyihasini amalga oşirişning asosiy şartlari belgilangan.

Bu şartlarga köra, integratsiyalaşgan AESning katta stansiyasi 3+ avlodidagi 2 ta VVER-1000 reaktorlaridan, kiçik stansiya esa 2 ta RITM-200N reaktorlaridan iborat böladi.

Bundan taşqari, “AES qurilişi direksiyasi” DK va “Rosatom energetika loyihalari" AJ örtasida Özbekiston Respublikasida kiçik va katta quvvatli AESlar uçun yadro yoqilğisini yetkazib beriş böyiça şartnomalarning asosiy şartlari töğrisidagi bitim ham imzolandi.

Bitim tomonlar örtasida RITM-200N va VVER-1000 reaktor qurilmalari uçun yadro yoqilğisi, şuningdek, ehtiyot qismlar, montaj va nazorat uskunalarini yetkazib beriş böyiça asosiy kelişuvlarni mustahkamlaydi.