Prezident Şavkat Mirziyoyevga şaharsozlik va uy-joy qurilişi sohasini rivojlantiriş böyiça taqdim etilgan axborotda respublikadagi eski uy-joy fondini bosqiçma-bosqiç yangilaş masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilişiça, hozirgaça şaharsozlik renovatsiyasi jarayonlarini tartibga soluvçi yagona qonun mavjud emas edi. Şu munosabat bilan renovatsiya töğrisidagi yangi qonun loyihasi işlab çiqilgan.

Loyihada renovatsiya hududlarini belgilaş, aholi roziligini oliş, kompensatsiya va köçiriş tartiblari, investorlar majburiyatlari hamda davlat organlari vakolatlarini aniq belgilaş nazarda tutilgan.

Ta’kidlanişiça, renovatsiya dasturlari orqali eskirgan uy-joy fondini yangilaş, aholi uçun xavfsiz va qulay yaşaş şaroitlarini yaratiş, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, şuningdek, yaşil hududlar va ijtimoiy infratuzilmani kengaytiriş maqsad qilingan.