Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida yuk mashinasi va yengil avtomobil to‘qnashishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi.
Xabar qilinishicha, 14 iyun kuni soat 13:30 larda O‘zbekiston tumani hududidan o‘tgan D-098 “Qo‘qon-Yaypan-Isfara” avtomobil yo‘lida 2008 yilda tug‘ilgan haydovchi R.N (ayol) “Lasetti-2” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasiga amal qilmasdan qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan.
Oqibatda u o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1973 yilda tug‘ilgan R.O. boshqaruvidagi “FAW TIGER“ rusumli avtomobil bilan to‘qnashib ketgan.
To‘qnashuv natijasida “Lasetti-2“haydovchisi va avtomobilda bo‘lgan 2007 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi Z.Sh. shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.











