Naqdi şirin yoxud naqd pulsiz siyosatning huquqiy tomoni
|22:42 / 24.06.20269 50418 min
Özbekistonda yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş maqsadida 2026 yil 1 apreldan boşlab bir qator tovarlarning çakana oldi-sotdisini naqd pulda amalga oşiriş taqiqlandi. Bu esa qonunçilik normalari örtasida yuridik kolliziyalarni keltirib çiqarmoqda. Huquqşunos Öktamjon Töxtayev Kun.uz'ga taqdim etgan maqolasida ana şu ziddiyatlarni batafsil körib çiqadi.
Metan-şoxobçaga kelgan mijoz. 2026 yil aprel, Farğona / Foto: Kun.uzMetan-şoxobçaga kelgan mijoz. 2026 yil aprel, Farğona / Foto: Kun.uz
Huquqiy davlatning ajralmas asosi sifatida qonun ustuvorligi tamoyili e’tirof etiladi.
Özbekiston Konstitutsiyasining 15-moddasida barça davlat organlari, mansabdor şaxslar va fuqarolarning qonunga oğişmay böysunişi şartligi mustahkamlangan bölsa, 16-moddasida birorta ham me’yoriy hujjat Boş qomusimiz hamda qonunlarga zid kelişi mumkin emasligi qat’iy belgilab qöyilgan.
“Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi qonunning 9-moddasiga köra, “Özbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum ötkaziş yöli bilan qabul qilinadi”.
Normativ-huquqiy hujjatlar iyerarxiyasida Fuqarolik kodeksi, “Özbekiston Respublikasining Markaziy banki töğrisida”gi hamda “Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunlar bevosita Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan eng barqaror hujjatlar sanaladi. Ular prezident farmonlari va hukumat qarorlaridan farqli ölaroq, yuridik kuçi jihatidan doimo ustun mavqeni egallaydi.
Şu nuqtayi nazardan yondaşganda, 2026yil 1apreldan boşlab joriy etilayotgan majburiy naqd pulsiz hisob-kitoblar tartibi milliy qonunçiligimiz amaliyotida yaqqol közga taşlanadigan hamda ilmiy-amaliy doiralarda jiddiy bahs-munozaralarga sabab bölayotgan huquqiy kolliziyani yuzaga keltirganini körişimiz mumkin.
“Qonun – karvon, ijro – sarbon” deyilganidek, ijro hokimiyati vakillari joriy etayotgan uşbu çeklovlar amaldagi fundamental qonun hujjatlarining negizini taşkil etuvçi prinsiplar bilan töğridantöğri ziddiyatga kirişmoqda.
Fuqarolik kodeksining 790-moddasi hisob-kitoblar mexanizmining eng asosiy poydevori sanaladi. Uşbu moddada mustahkamlangan imperativ normaga köra, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati bilan boğliq bölmagan özaro hamda ular iştirokidagi hisob-kitoblar naqd pullaryordamida yoxudnaqd pulsiz
Mavzuga oid
tartibda
, summasi çeklanmagan holda amalga oşirilişi kafolatlangan.
Bunga qöşimça ravişda, pulga bağişlangan Fuqarolik kodeksining dastlabki normalarida, xususan 94-moddada söm – özida körsatilgan qiymat böyiça qabul qilinişi şart bölgan qonuniy tölov vositasi ekani, şuningdek, tölovlar naqd puldavanaqd pulsiz şaklda amalga oşirilişi qat’iy belgilab qöyilgan. Mazkur normaning tub mohiyati şundan dalolat beradiki, naqd va naqd pulsiz tölov şakllari yuridik jihatdan mutlaqo teng huquqiy maqomga ega.
Şu bilan bir qatorda, “Özbekiston Respublikasining Markaziy banki töğrisida”gi qonunning 45-moddasida ham tölovlar mamlakat hududida naqd pul yoxud naqd pulsiz hisob-kitoblar tarzida amalga oşirilişi körsatib ötilgan. Bu şuni anglatadiki, Markaziy bank emissiya qiladigan milliy valuta – söm butun respublika hududida har qanday miqdorda va har qanday vaziyatda heç bir çeklovsiz qabul qilinişi şart. Qonunosti hujjati hisoblangan PF-246-sonli prezident farmoni qabul qilinişi oqibatida esa ijro hokimiyati miqyosida muayyan tovarlar guruhi (xususan, yonilği, alkogol va tamaki mahsulotlari hamda 25 mln sömdan oşadigan xaridlar) uçun naqd pulni qabul qiliş qat’iyan taqiqlandi.
Yurisprudensiyada bu holatni “Lex superior derogat legi inferiori” (Yuqori yuridik kuçga ega qonun quyi hujjatni bekor qiladi) umum e’tirof etilgan qoidasi bilan talqin qiliş mumkin. Aniqroq aytganda, yuqori yuridik maqomga ega qonun naqd pulni qonuniy va çeklovsiz vosita sifatida e’lon qilib turgan bir şaroitda, quyi turuvçi normativ-huquqiy hujjatning uni qabul qilişni man etişi yuridik anomaliyani yuzaga keltirdi.
Mazkur nomutanosiblik özining salbiy oqibatlarini uzoq kuttirmadi. Yangi me’yorlar huquqiy kuçga kirişi bilanoq, bevosita huquqni qöllaş amaliyotida qator jiddiy muammolar yuzaga kela boşladi. Xususan, savdo tarmoqlarida nazorat-kassa maşinalaridagi “naqd” tugmasi öçirib qöyilişi oqibatida, xaridorlar özlarining qonuniy tölov vositalari yordamida xaridni amalga oşiriş imkoniyatidan mahrum bölişgani hamda iste’molçilar savdo şoxobçalarini xaridsiz tark etişga majbur bölgani, şuningdek, naqd pullarni bankomatlar orqali hisobraqamga kirim qiliş jarayonida turli texnik qiyinçiliklar va qöşimça xarajatlarga yuz tutgani kabi holatlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Vaziyatning bunday tus olişi ayrim jamoatçilik faollarining huquqiy himoya izlab sud instansiyalariga murojaat qilişigaça olib keldi.
Şu örinda iqtisodiy munosabatlarni barqarorlaştirişda ustuvor hisoblangan Fuqarolik kodeksining ommaviy şartnomalarga oid normalari (358-modda) xususida ham töxtalib ötiş zarur, çunki ular ham yuqoridagi çeklovlar bilan mantiqiy ziddiyatga kirişmoqda. Ommaviy şartnomaning asosiy qoidalaridan kelib çiqsak, savdo yoxud xizmat körsatuvçi taşkilot (tadbirkorlik subekti) öziga murojaat qilgan har qanday şaxsga tovarlarni sotişi yoki xizmatlar körsatişi bevosita qonun darajasida majburiyat sifatida örnatilgan.
Bundan taşqari, “Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunning 10-moddasiga köra, “tovar (iş, xizmat)lar uçun haq tölaş şakli hamda tartibi iste’molçi bilan sotuvçi (işlab çiqaruvçi, ijroçi) örtasidagi kelişuvgabinoan belgilanadi” deb körsatilgan.
Şuningdek, iste’molçi tomonidan tovarlar uçun haq tölaş naqd pul yoxud naqd pulsiz şaklda amalga oşirilişi huquqi kafolatlanganidan farqli ölaroq, sotuvçining tölov usuliga qarab tovarning ayni bir markasi, şuningdek, bir xil hajmdagi va sifatdagi işlar yoxud xizmatlar uçun turliça narxlar belgilaşi, şu jumladan, ularni sun’iy ravişda oşirişi yoki pasaytirişi qat’iyan taqiqlanadi.
Masalaning yana bir muammoli qismi uçun qonunning 21-moddasi şunday imperativ norma keltiradi: “sotuvçi (ijroçi) iste’molçini haq evaziga qöşimça tovarlar sotib olişga yoki qöşimça xizmatlardan foydalanişga qistaşga, şuningdek körsatilmagan xizmatlar uçun haq olişga haqli emas”. Hozirgi holatda iste’molçilar bilvosita qöşimça xizmatlardan foydalanişga (bankomatlar orqali naqd pulni naqdsiz körinişga ötkaziş) majbur bölmoqda.
Qolaversa, ziddiyatning amaliy ijtimoiy oqibatlari sirasida raqamli tengsizlik fenomeni ham mavjud. Fikrimizça, özgarişlar kiritişda biroz şoşildik. Beş qöl barobar emas deganlaridek, naqdsiz jamiyat modeli faqatgina raqamli savodxonlik töliq şakllangan, uzluksiz elektr energiyasi va yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlangan hududlardagina ideal tarzda işlaşi mumkin. Özbekistonning real şaroitida esa olis qişloqlar, çekka tumanlar aholisi (hatto Toşkent şahrining özida ham), şuningdek, axborot texnologiyalaridan yiroq bölgan keksa avlod vakillari uçun majburiy naqdsiz hisob-kitoblar hayotni yengillaştiriş örniga,jiddiy qiyinçiliklarni yuzaga keltiradi.
Asrlar silsilasida naqd pul savdo vositasi vazifasini bajariş bilan birga işonç, şaxsiy mustaqillik vadaxlsizlik ramzi sifatida ham alohida örin tutgan. Özbek jamiyatida keksa avlod vakillari idrokida elektron pullar hali tölaqonli va işonçli tölov vositasi körinişida şakllanib ulgurmadi (fikri ojizimizça). Şu bois, ularni öz xohiş-irodasiga zid ravişda töliq raqamli tizimlarga majburlaş orqali ijtimoiy hayotdan uzilib qolişlariga, texnologik qaramlik hamda doimiy stress holati kelib çiqişiga qöyib bermaslik kerak (buni Şvetsiya misolida quyida körib çiqamiz).
Öylab köraylik,tölovkartasiga ega bölmagan yoxud undan mustaqil foydalaniş könikmasi yöq nafaqaxör qattiq qiş çillasida kommunal xizmatlar uçun tölovlarni qanday amalga oşiradi? Aslini olganda, bunday yondaşuv inson fundamental huquqlarining buzilişi deb ham e’tirof etilişi kerak.
Bunga qöşimça qilib, şaxsiy hayot daxlsizligi masalasini ham körsatsak böladi. Ma’lumki, har bir tölovning istisnosiz naqd pulsiz körinişda amalga oşirilişi orqali şaxsning kundalik harakatlari, iste’mol didi, ehtiyojlari, salomatlik holati va umuman harakatlaniş trayektoriyasi davlat hamda yirik korporatsiyalar ma’lumotlar bazasida doimiy raqamli iz körinişida saqlanib qoladi. Şu nuqtayi nazardan qaraganda, iste’molçining tölov usulini öz xohişiga köra tanlaş huquqi uning anonimligini ta’minlaş, daxlsizligini kafolatlaş kabi uzviy huquqlarining ajralmas qismi sifatida qabul qilinişi kerak.
Tadbirkorning ikki öt orasida qolişi
Yuqorida tahlil qilingan iyerarxik töqnaşuv oqibati, ikkinçi navbatda oddiy tadbirkorlarning zimmasiga oğir yuk bölib tuşmoqda. Mavjud vaziyat tijorat subektlarini öziga xos boşi berk köçaga kiritib qöyganiga guvoh bölyapmiz.
Amaliyotda sodir bölişi mumkin bölgan oddiy bir holatni körib çiqsak. Xaridor maişiy texnika dökoniga kirib, 26 mln sömlik muzlatkiç xarid qiliş maqsadida qonuniy tölov vositasi bölgan yuz ming sömlik kupyuralarda naqd tölovni amalga oşiriş niyatida. Tadbirkor bu tölovni qabul qilgan taqdirda, soliq ma’muriyatçiligini buzgan va prezident farmoni talablariga rioya etmagan sub’yekt sifatida e’tirof etiladi. Natijada unga nisbatan moliyaviy sanksiyalar, jarimalar qöllanilişi ehtimoli paydo böladi.
Mijoz manfaatini ustun qöyuvçi yondaşuvdan farqli ölaroq, tadbirkor uning naqd pulini rad etib, “faqat karta orqali tölov qabul qilamiz” degan qarorga kelsa, u bir vaqtning özida Fuqarolik kodeksining 790-moddasi (naqd pullar bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar), 358-moddasi (ommaviy şartnoma) talablari hamda “Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunning 10-, 21-moddalari normalarini buzgan böladi.
Yuridik nuqtayi nazardan yondaşganda, xaridor vakolatli organga şikoyat kiritgan vaziyatda, tadbirkor milliy valutani qabul qilmagani, şartnoma tuzişni asossiz rad etgani va iste’molçi huquqlarini kamsitgani oqibatida fuqarolik va ma’muriy javobgarlikka tortilişi lozim.
“Ijtimoiy şartnoma” qoidalariga köra, jamiyat a’zolari özlarining ayrim mutlaq erkinliklaridan voz keçişlari natijasida ma’lum huquqlarni davlat boşqaruviga topşirişi, buning evaziga esa davlat fuqarolar xavfsizligini kafolatlaş, mulkiy daxlsizlikni munosib himoya qiliş, adolatli sud tizimini örnatiş hamda umumiy ijtimoiy farovonlikni ta’minlaş majburiyatini öz zimmasiga olişi lozim edi. Mazkur holatda esa hukumat tadbirkorni tavakkalçiliklar xavfi ostida qoldirmoqda.
Töğri, davlat mexanizmining tölaqonli işlaşi va ta’lim muassasalari, soğliqni saqlaş tizimi kabi ijtimoiy sohalarni ta’minlaşi bevosita aholi tomonidan tölanadigan soliqlarga tayanar ekan, soliq tölaş intizomi özaro kelişilgan ijtimoiy şartnomaning negizini taşkil etuvçi asosiy mezonlar qatorida alohida örin tutadi.Lekin Makiavelli aytganidek, “maqsad vositani oqlaydi”mi?
Immanuil Kantning deontologik qaraşlari ham bu yondaşuvni keskin inkor etgan. Kant ta’limotiga köra, inson huquqlari va erkinliklari qandaydir uluğvor natijalarga erişiş yölidagi vosita vazifasini ötaşi mutlaqo mumkin emas.
Davlat soliq ma’muriyatçiligidagi mavjud kamçiliklar hamda soliq yiğuvçanligini oşiriş borasidagi zaifliklarni xaspöslaş maqsadida fuqarolarning halol mehnati orqali topgan mablağlarini qanday körinişda (naqd yoki raqamli) tasarruf etiş huquqini çeklaşi – paternalizmga tipik namuna. Paternalistik boşqaruv uslubida davlat öz fuqarolariga xuddi ota yoş bolaga munosabatda bölgandek yondaşib, “nima töğri va nima notöğri ekanligini özim yaxşiroq bilaman” qabilida ularning iqtisodiy muxtoriyatiga töğridantöğri aralaşadi.
Bunday aralaşuv oqibatida insonlar öz ixtiyoriga ega bölgan erkin huquq sub’yektlari maqomidan çetlaşib, ma’muriy tizimga mutlaq tobe şaxslar darajasiga tuşib qoliş xavfi mavjud. Konstitutsiyaviy normalar doirasida mulkdor öz mol-mulkiga nisbatan istalgan qonuniy harakatni amalga oşirişi kafolatlanganidan farqli ölaroq, yuqoridagi kabi çeklovçi vositalar şaxsning iqtisodiy mustaqilligini zaiflaştiradi. Buning oqibatida davlat va jamiyat örtasidagi özaro işonç munosabatlariga putur yetişi hamda fuqarolarda soliq madaniyatini ixtiyoriy ravişda şakllantiriş amaliyotinining örnini qat’iy ma’muriy majburlov vositalari egallab olişi – xavotirli holat.
Şvetsiya modeli va undan olinadigan saboqlar
Özbekiston duç kelayotgan va endi kutilayotgan xatarlarni baholaş uçun dunyoda naqdsiz jamiyat barpo etişda eng uzoqqa borgan va beqiyos tajribaga ega davlat – Şvetsiya misolini körib çiqiş kerak. Bu davlat tajribasi yuridik muammolar qanday hal qilinişi va haddan ortiq naqdsizlik oxir-oqibat nimaga olib kelişini örganiş uçun nodir darslik sanaladi.
Şvetsiyada 2007yildan buyon naqd puldan foydalaniş hajmi barqaror ravişda pasayib kelmoqda. Bugungi kunda aholi asosan elektron BankIDva Swishmobil tölov tizimlaridan har kuni foydalanadi. Hatto jamoat transporti va çerkov ehsonlari ham naqdsiz hisob-kitobga ötgan.
Özbekiston holatidan farqli ölaroq, Şvetsiya bank qonunçiligi va dökonlarning naqdsiz işlaş amaliyoti örtasidagi yuridik muammoni davlat farmonlari orqali taqiqlaş yölidan bormay, uşbu masalani sivilizatsiyalaşgan Fuqarolik huquqi mexanizmlari orqali hal qilgan.
Şvetsiya Markaziy banki qonuniga köra, xuddi bizdagi kabi, Şvetsiya kronasi qonuniy tölov vositasi hisoblanadi va u hamma joyda qabul qilinişi şart. Biroq Şvetsiyaning “Şartnomalar huquqi töğrisida”gi qonuniga asosan, şartnoma erkinligi tamoyili bank sohasidagi ommaviy qonunlardan ustuvor etib belgilangan.
Bu nima degani? Bu şuni anglatadiki, tadbirkor va xaridor – ikki mustaqil şartnoma tarafi özaro kelişuv asosida Markaziy bank qonunidan çekiniş huquqiga ega. Agar dökon yoki restoran xöjayini eşikka “Biz faqat karta qabul qilamiz” yoxud “Naqd pul olinmaydi” degan belgini ilib qöysa, bu yuridik tilda ommaviy oferta (taklif) hisoblanadi. Iste’molçi şu dökonga qadam bosişi bilan, u uşbu şartnomaga rozi bölgan va özining naqd pul bilan tölaş huquqidan ixtiyoriy voz keçgan hisoblanadi. Agar xaridor bunga rozi bölmasa, u bemalol boşqa dökonga ketiş ixtiyoriga ega. Ya’ni Şvetsiyada heç bir davlat organi dökonga naqd pul olmaslikni majburlamaydi, bu – biznesning öziga berilgan ixtiyoriy tanlov.
Paradoksni köryapsizmi? Şvetsiyada xususiy sektorga erkinlik berilgan bölsa-da, 2015yilda Şvetsiya Oliy ma’muriy sudi muhim pretsedent qarorini qabul qilgan (iş raqami: HFD2015 ref. 49). Unga köra, Kronoberg ma’muriyatining (landsting) öz kasalxonalarida naqd pulni bekor qiliş va faqat karta orqali tölovlarni qabul qiliş haqidagi qarori qonunga zid deb topilgan. Sudning izohiga köra, davlat va ijtimoiy xizmatlar (xususan, soğliqni saqlaş) ommaviy xarakterga ega bölgani uçun, u yerda davlatning qonuniy tölov vositasi bölgan naqd pulni rad etiş fuqarolarni kamsitişga olib keladi. Ya’ni xususiy sektor naqd pulni rad etiş huquqiga ega bölsa-da, davlat xizmatlari bunday huquqqa ega emas. Özbekistonda esa aynan davlat xizmatlari birinçi navbatda naqd pulsiz şaklga ötkazib yuborilmoqda.
Eng e’tiborli jihati şundaki, Şvetsiya bugungi kunga kelib naqd pulsiz jamiyatning ekstremal çöqqisiga çiqqaç, uning oğir ijtimoiy va xavfsizlik oqibatlarini tatib kördi va endi tormozni bosişga majbur bölmoqda. Bunga bir qança omillar sabab sifatida körsatiladi.
Birinçidan, ijtimoiy himoyasiz qatlam. Qariyalar, boşpanasiz insonlar va jamiyatning eng zaif qatlamlari deyarli yaşaş uçun zarur ne’matlarni sotib ololmay, tizimdan mutlaqo siqib çiqarildi. Ular özlarini kamsitilgan va jamiyatga keraksizdek his qila boşlaşdi.
Ikkinçidan, xavfsizlik tahdidi. Yevropa Markaziy banki tomonidan yaratilgan TIPSyoki xususiy P27 platformalari orqali xalqaro serverlarga qaramlik oşdi. Agar biror kiberhujum, texnik nosozlik yoki qöşni davlatlar bilan ehtimoliy harbiy mojaro yuz bersa, raqamli infratuzilmaning qulaşi butun mamlakatning oçlikda qolişiga olib kelişi mumkin.
Şu sababli, 2026yilda Şvetsiya Markaziy banki parlamentga qator qat’iy tavsiyalar va “Jamoat tölovlariga tayyorgarlik” doirasida yangi çoralar bilan çiqdi:
1. Har bir xonadondagi baloğatga yetgan şaxs öz uyida favqulodda holatlar uçun kamida 1000 krona naqd pul zaxirasi saqlaşi kerakligi e’lon qilindi;
2. Savdo va xizmat körsatiş sohalarida naqd pul bilan xarid qilişga qisman himoya maqsadida eng yuqori 10 000 krona limit kiritiş taklif qilindi. Bu bilan davlat naqd puldan butunlay qutulmasligini tan oldi;
3. Oziq-ovqat, dori-darmon dökonlari va asosiy energiya ta’minotçilari, xususan yoqilği quyiş şoxobçalarini inqiroz vaqtlarida qat’iyan naqd pul qabul qilişga majburlovçi qonunlar qabul qilinişi ilgari surilmoqda. Yirik banklar öz mijozlari bölgan korxonalarga naqd pul olib keliş va beriş xizmatlarini qayta yölga qöyişga majbur qilinmoqda.
Şvetsiyaning bu orqaga qaytişi biz uçun juda katta dars bölişi kerak.
“Özganing xatosidan örganiş – aqlning belgisi” deydilar. Özbekiston xavfsizlik va ijtimoiy reallik nuqtayi nazaridan xalqaro amaliyotdagi bu ehtiyotkorlik signalini inobatga olişi lozim.