Amaliy hamkorlik, eng avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, ekologiya, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida yuqori sur’at bilan rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Barcha darajadagi faol almashinuvlar alohida e’tirof qilindi. Yetakchilar ikki mamlakat Prezident Administratsiyalari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda sheriklik kun tartibini yangi loyiha va tashabbuslar bilan boyitishga xizmat qilayotgan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini olqishladi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi.











