Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qisman «svetsiz» qolgan Toshkent va tadbirkorlarni tekshirishning yangi tartibi - mahalliy dayjest
Toshkentdagi «Yuksak» nimstansiyasida yirik nosozlik yuz berdi va ayrim hududlar elektr ta’minotisiz qoldi. Tadbirkorlarni tekshirishning yangi tartibi belgilandi. Toshkentdagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida tovlamachilik qilgan guruh a’zolari qamaldi. Xorazmdagi qurilishda ishchini tuproq bosdi. Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.
Tadbirkorlarni tekshirishning yangi tartibi belgilandi
Tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirish jarayonida «Xavfni tahlil etish» elektron tizimi joriy etiladi. Yangi nizomga muvofiq, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfi avtomatlashtirilgan tarzda baholanadi. Bunda davlat organlarining axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi. Shu bilan birga, xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik sub’yektlaridan qo‘shimcha hujjat yoki ma’lumotlar talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tadbirkorlik sub’yektlari yuqori, o‘rta va past xavf toifalariga ajratiladi. Yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi sub’yektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar qonunchilik asosida tashkil etiladi. Past xavf toifasiga kiruvchi tadbirkorlik sub’yektlarida esa tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.
Toshkent qisman «svetsiz» qoldi
28 iyun soat 20:45 da Toshkent shahridagi «Yuksak» nimstansiyasida nosozlik yuz berishi oqibatida poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish yuz berdi.
FVV xabariga ko‘ra, elektr ta’minoti uzilishi oqibatida Chilonzor tumanida joylashgan Dream Park istirohat bog‘idagi «Charxpalak» attraksionida odamlar qolib ketgan. Keyinchalik ular pastga tushirilgan.
Xabar qilinishicha, Energetika vazirligi hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ xodimlari nimstansiyada bo‘lib, nosozlikni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.
Toshkentdagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida tovlamachilik qilgan guruh a’zolari qamaldi
Toshkentning Uchtepa tumanidagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida ushlangan jinoiy guruhga sud hukmi o‘qildi. Ushbu guruh a’zolari 2025 yil iyunida qamoqqa olingandi, ular 1988–2002 yillar oralig‘ida Toshkent shahri, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tug‘ilgan shaxslardan iborat, aksariyati muqaddam sudlangan.
Ta’kidlanishicha, jinoiy guruh a’zolari mijozlarning avtomobillariga oldindan kelishmagan holda turli jihozlar o‘rnatib, texnik xizmat ko‘rsatgan. Shundan so‘ng, ushbu xizmat uchun bozor narxidan ancha yuqori qiymatni talab qilgan. Rozi bo‘lmagan mijozga qo‘rqitish yo‘li bilan tahdid qilingan.
Uchtepa tuman sudida 14 nafar sudlanuvchiga doir jinoyat ishi yuzasidan sud hukmi o‘qildi. Ularga 3 yildan 6,5 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Xorazmdagi qurilishda ishchini tuproq bosdi
Viloyat FVB xabariga ko‘ra, Urganch shahri Al-Xorazmiy ko‘chasida olib borilayotgan qurilish ishlari vaqtida bir kishini tuproq bosib qolgan.
Qutqaruvchilar hodisa joyiga zudlik bilan borib, maxsus anjomlar yordamida ishchini tuproq ostidan chiqarib olgan. Tibbiyot xodimlari unga birinchi yordamni ko‘rsatgan. Hozir uning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
FVV fuqarolarga qurilish va yer qazish ishlari davomida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, tuproq ko‘chishi xavfi mavjud bo‘lgan joylarda himoya choralarini ko‘rishni eslatdi.
Mavzuga oid
19:11 / 26.06.2026
Tibbiyotga yo‘naltirilgan Gulnora Karimova aktivlari va shubhali xaridorlar reyestri - mahalliy dayjest
19:19 / 25.06.2026
Ko‘cha nazoratchisiga aylanayotgan o‘qituvchilar va Andijonda o‘quvchilar fojiasi - mahalliy dayjest
19:13 / 24.06.2026
Oshirilayotgan oylik va pensiyalar, shuningdek, bank sirini olishga intilayotgan soliqchilar - mahalliy dayjest
18:15 / 23.06.2026