Tashrif doirasida davlat rahbari Sergeli tumanida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, amalga oshirilgan investitsiya va infratuzilma loyihalari bilan tanishishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sifatini yanada yaxshilash, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish hamda bu boradagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi kutilmoqda.