Yiğilişda yoz mavsumida yonilği-energetika tizimi obektlarining barqaror işlaşini ta’minlaş, iste’molçilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlaş hamda yonilği-energiya resurslaridan foydalaniş ustidan davlat nazoratini kuçaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Energetika vazirligi, yoqilği-energetika tizimi korxonalari, Boş prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi, «Özenergoinspeksiya», viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari hamda boşqa tegişli idoralar rahbar va vakillari iştirok etdi.
Yiğilişda elektr energiyasi iste’moli yuqori böladigan kunlarda iste’molçilarni uzluksiz elektr bilan ta’minlaş, energetika obektlarini 24 soatlik iş rejimiga ötkaziş, avariya brigadalarining şayligini oşiriş va rejali ta’mirlaş işlarini jadallaştiriş böyiça qöşimça topşiriqlar berildi.
Mutaxassislar prognoziga köra, yaqin kunlarda respublikada sutkalik elektr energiyasi iste’moli 280 million kVt·soatga, maksimal yuklama esa 13–13,3 gigavattgaça yetişi mumkin. Şu munosabat bilan elektr uzatiş tarmoqlari va podstansiyalarning işonçli faoliyatini ta’minlaş, avariyaviy holatlarning oldini oliş hamda profilaktik nazoratni kuçaytiriş vazifasi qöyildi.
Yiğilişda Toşkent şahridagi ayrim podstansiyalarda yuz bergan nosozliklar va ular oqibatida sodir bölgan avariyaviy elektr uzilişlari ham tanqidiy muhokama qilindi. Yöl qöyilgan kamçiliklar uçun ayrim mas’ullarning şaxsiy javobgarligi belgilanib, bir qator rahbarlar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Şuningdek, kutilayotgan issiq ob-havo şaroitida benzin, dizel yonilğisi va suyultirilgan gazni ortiş-tuşiriş işlarini sanoat hamda yonğin xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilgan holda taşkil etiş topşirildi. Havo harorati yuqori bölgan vaqtlarda yonğin va portlaş xavfini kamaytiriş maqsadida suyultirilgan gazni ortiş-tuşiriş işlarini vaqtinça töxtatib turiş belgilandi.
Mazkur talablar ijrosini ta’minlaş uçun Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Boş prokuratura, «Özenergoinspeksiya» hamda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi bilan hamkorlikda respublika hududlaridagi energetika obektlari va yonilği infratuzilmasida kuçaytirilgan nazorat reydlari ötkazilişi ma’lum qilindi.
Yiğiliş yakunida tizim rahbarlari avval berilgan topşiriqlar ijrosi yuzasidan qat’iy ogohlantirildi. Şuningdek, iste’molçilar murojaatlarini tezkor körib çiqiş, avariyaviy holatlar haqida aholini öz vaqtida xabardor qiliş, navbatçilik tizimini mustahkamlaş hamda korrupsiyaga qarşi murosasiz kuraşni davom ettiriş böyiça aniq vazifalar belgilab berildi.
















