“BAXTLI YUZLIK” — bu odatiy xaridlarni yanada yoqimli qilish imkoniyati. Aksiya shartlariga muvofiq, HUMO kartasi orqali kamida 100 000 so‘m miqdorida xaridni amalga oshirish kifoya — shunda siz qimmatbaho sovrinlar yutug‘ini qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘lasiz. Aksiya yakunida asosiy sovrin — BYD Song Plus DM-i avtomobili o‘ynaladi va unda aksiya davomida shartlarni bajargan barcha HUMO kartalari ishtirok etadi.
Aksiyada ishtirok etish uchun:
- HUMO kartasi orqali kamida 100 000 so‘mlik xaridni amalga oshirish;
- amal qilayotgan mobil telefon raqamiga ulangan HUMO kartasidan foydalanish lozim.
HUMO Nest Telegram-boti orqali aksiyadagi ishtirokingizni tekshirish, bosqichlar va yutuqli o‘yinlar jadvali bilan tanishish, shuningdek, aksiyaning borishini kuzatib borish mumkin.
Pul o‘tkazmalari va aksiya qoidalarida ko‘zda tutilmagan boshqa operatsiyalar yutuqli o‘yinlarda ishtirok etmaydi.
Aksiya sovrin jamg‘armasi
Har bir 6 ta bosqich yakuniga ko‘ra quyidagi sovrinlar o‘ynaladi:
- iPhone Air;
- umumiy qiymati 10 million so‘m bo‘lgan 10 ta pul mukofoti.
Barcha bosqichlar yakunlangach, asosiy sovrin — BYD Song Plus DM-i avtomobili o‘ynaladi.
Har bir bosqich va final yutuqlari g‘oliblari Random.org xalqaro xizmati yordamida tasodifiy tarzda, jonli efirda aniqlanadi.
Aksiya tafsilotlari
Aksiyada ishtirok etish shartlari, bosqichlar jadvali, o‘tkazilish muddatlari va boshqa ma’lumotlar saytda joylashtirilgan ommaviy oferta hamda HUMO Nest Telegram-botida e’lon qilingan.
“BAXTLI YUZLIK” aksiyasiga oid yangiliklar, jonli efirlar va g‘oliblar e’lonlarini o‘tkazib yubormaslik uchun HUMO rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: Facebook | Instagram | Telegram | YouTube











