Muhammadali Salohiddinovning tuğma nogironligi bor. Biroq u barmoqlarsiz ham avtomaşinani yaxşi boşqaradi. “Şu yoşga kirib umrimda bir marta protez taqqanman: u ham bölsa töyim kuni turmuş örtoğim yaqinlari oldida uyalib qolmasligi uçun”, – deydi u Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Namangan şahrida yaşovçi qahramonimiz oilasi, barmoqlarsiz ham avtomaşinani yaxşi boşqara olişi hamda orzusi haqida gapirib berdi:
“27 yoşgaça bir martagina protez qöl taqişga majbur bölganman. Bu ham bölsa töyim kuni turmuş örtoğimni uyidan olib çiqib ketiş uçun qölim 3 soat protezda turgan. Kelinçakni köpçilikning oldida yuzini yerga qaratmaslik, xijolatga qöymaslik uçun 12500 dollarga protez sotib olib taqqanman.

Nogironlik avlodimizda bölmagan. Oilada ikkinçi farzandman. Tuğma qölsiz dunyoga kelganman. Alhamdulillah, şu holatimda ham barça yumuşlarni qila olaman. Ikki qizim bor. Katta qizim ba’zida qölimga qaraydi-da özining qöliga qarab, “Dada, qölingiz nega bunday?” deb savol beradi. Javob berişga harakat qilaman...
Barmoqlarsiz bölsa-da avtomaşinani yaxşi boşqaraman. Otam Jiguli, Damas maşinalarining oldiga ötirgizib olib boşqarişni örgatgan. Otamning boşqarişlarini körib, közni pişirib olib, keyin rolga ötirganman. Xudoga şukur, hozirda huddi soğlom odamlardek maşinani boşqara olaman.

Köp xonadonlarga sovçilikka borganmiz. Holatimni körib turib qizini bermagan oilalar ham böldi. Man xohlagan ayol topildi. Turmuş örtoğim meni juda yaxşi tuşunadi. Alhamdulillah, baxtliman, ikki qizim bor.
Kompyuter tuzatişni, kuzatuv kameralari örnatişni, konditsioner ta’mirlaşni örganganman. Odamlarning uyiga, taşkilotlarga kamera örnatib tirikçilik qilaman. Bundan taşqari ijtimoiy tarmoqlarda özimning şaxsiy sahifalarim ham bor. Bundan ham daromad keladi.

Bitta-yu bitta eng katta orzum - haydovçilik guvohnomasini oliş. Maşina boşqarişni uddalasam ham holatim sabab haydovçilik guvohnomasi oliş nasib qilmayapti”.













