Jahon chempionati vaqtida ham Yevropa klublari ishlashdan to‘xtamadi va yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida tarkiblarini kuchaytirib olishdi.

Elliot Anderson

Qayerdan: «Nottinghem Forest»
Qayerga: «Manchester Siti»
Yoshi: 23
Ampluasi: markaziy yarimhimoyachi
Fuqaroligi: Angliya
Narxi (Transfermarkt): 135 million yevro

«Manchester Siti» muntazam ravishda maydon markazi uchun futbolchilar sotib oladi, lekin barcha transferlar ham omadli chiqmaydi. «Shaharliklar» o‘tgan yozda Tidjani Reynders va Niko Gonsalesga katta pul sarflagandi, undan oldinroq tajribali Mateo Kovachich xarid qilingandi, ammo ulardan hech biri kutilgan darajani namoyish eta olmadi. Endi «Siti» o‘tgan mavsum APLning eng yaxshi yarimhimoyachilaridan biri bo‘lgan, jahon chempionatida ham o‘zini ko‘rsatgan Eliot Andersonni safga qo‘shib oldi. U jamoani tark etishi kutilayotgan Rodrining o‘rnini egallaydi. Bu bilan klub tarkibini jiddiy darajada kuchaytirdi, ammo futbolchini qo‘lga kiritish uning bozor narxidan ikki barobar ko‘proq sarflashga to‘g‘ri keldi.

Sandro Tonali

Qayerdan: «Nyukasl»
Qayerga: «Tottenhem»
Yoshi: 26
Ampluasi: markaziy yarimhimoyachi
Fuqaroligi: Italiya
Narxi: 108 million yevro

Nomdor klublarda anchadan buyon Tonalining xizmatlariga talab mavjud edi va bu yozda ham uning nomi ko‘plab klublar bilan, jumladan, APL chempioni «Arsenal» va uchinchi o‘rin sohibi «MYu» bilan bog‘lanayotgandi. Ammo amalda futbolchi «qarg‘alar» safidan o‘tgan mavsumni 17-o‘rinda yakunlagan «Tottenhem»ga almashtirdi. «Nyukasl» Tonalini og‘ir kunlarida qo‘llagandi va endi uning transferi uchun katta pul ishlab oldi, futbolchining o‘zi esa o‘z mahalladoshi Roberto De Dzerbi qo‘li ostida qayta qurish davriga kirgan «shporlar»da o‘z omadini sinab ko‘radi.

Mateus Fernandes