Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 30 iyul kuni Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan davlat taşrifi bilan Qirğizistonga jönab ketdi.

Taşrifning asosiy tadbirlari Qirğizistonning Çölponota şahrida bölib ötadi. U yerda Özbekiston va Qirğiziston yetakçilari iştirokida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar taşkil etiladi.

Muzokaralar davomida ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, energetika, suv resurslari, madaniy-gumanitar va boşqa ustuvor yönalişlardagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilinişi kutilmoqda.

Şuningdek, davlat taşrifi doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarboyjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uçraşuvida ham iştirok etadi. Uşbu muloqot mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantiriş, xavfsizlik, iqtisodiyot, transport, energetika va özaro manfaatli şeriklikning dolzarb masalalarini muhokama qiliş uçun muhim maydon bölişi kutilmoqda.