
Aholi foydalanişi uçun ajratilgan şahar hududlari ofis yoki turar joy binolarini qurişga möljallanmagan, ular öz vazifasiga köra xizmat qilişi zarur.
Toşkent şahrining Mirobod tumanidagi “Lolazor” mahallasiga kelganimizda, mahalla ahli ekkan daraxtlar şafqatsizlarça kesib, qöporib taşlanganiga guvoh böldik. Bolalar maydonçasi örniga esa biznes markazi quriş rejalaştirilibdi.

Odamlar dod deganiça bor – qurilişlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, öyin va sport maydonçalari tag-tugi bilan yöq qilib yuborilyapti.



Boş prokuratura butun Toşkent şahri böyiça bunday obektlarni töliq inventarizatsiyadan ötkazadi. Quriliş uçun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, şaharsozlik me’yorlari va aholi huquqlariga qay darajada rioya qilinganini tekşiriş şart. Agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ul şaxslarga nisbatan murosasiz jazo çoralari köriladi, aybdorlar, kerak bölsa, hatto ozodlikdan mahrum etiladi, deya yozdi Saida Mirziyoyeva.













