Naşr bu haqda Ukrainaga litsenziya berişni qöllab-quvvatlovçi AQŞ Kongresidagi respublikaçi siyosatçilardan biriga tayanib xabar bergan.
Uning aytişiça, Amerika mudofaa kompaniyalari öz e’tirozlarini rasman intellektual mulk öğirlanişi va texnologiyalarning uçinçi tomonlarga berilişi xavfi bilan izohlaşi mumkin. Biroq masalaning yana bir jihati Ukrainaning Patriot uçun raketa işlab çiqariş jarayonini takomillaştirib, ularni katta hajmda va nisbatan arzon işlab çiqariş imkoniyati bilan boğliq.
Zelenskiy: Hozir qoğozbozlik bilan ovoramiz
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 8-avgust kuni uruşning birinçi yilidayoq öşa paytdagi AQŞ prezidenti Jo Baydendan Patriot tizimlarini işlab çiqarişga doir litsenziyalarni berişni söraganini aytdi.
Zelenskiyning ta’kidlaşiça, hozir Donald Tramp bilan tegişli litsenziyalarni beriş böyiça kelişuvga erişilgan. Şu bilan birga, u bunday imkoniyat Ukrainaga tört yil avval berilganida vaziyat boşqaça bölişi mumkinligini qayd etgan.
Ukraina rahbari hozir bu masalada byurokratik jarayonlar davom etayotganini tanqid qildi. Uning sözlariga köra, Ukrainaga haqiqiy raketalar uçib kelayotgan bir paytda litsenziyalar böyiça hujjatlarni rasmiylaştiriş jarayoni vaqt talab qilmoqda.
Zelenskiy Yevropa davlatlari bilan ham ayrim harbiy texnologiyalar va qurol-yaroğlarga litsenziya oliş masalasi ançadan beri muhokama qilinayotganini bildirdi.
Litsenziya masalasi Bayden ma’muriyati davrida ham kötarilgan
The Kyiv Independent jurnalisti Tim Zadorojniyning ma’lum qilişiça, Zelenskiy Patriot litsenziyalari masalasini Bayden ma’muriyatining hokimiyatdagi sönggi oylarida ilgari surgan.
The Atlantic ma’lumotlariga köra, Ukrainaning yuqori lavozimli amaldorlari bu taklifni öşa paytdagi AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin va prezidentning milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivanga taqdim etgan bölişi mumkin. Biroq Kiyevning taklifi sabablari tuşuntirilmagan holda rad etilgan.
Naşrning yozişiça, Ukraina Patriot uçun raketalarni öz ehtiyojidan ortiq miqdorda işlab çiqariş imkoniyatiga ham ega bölişi mumkin. Bunday raketalar keyinçalik AQŞ ehtiyojlari uçun işlatilişi yoki Vaşingtonning ittifoqçilari va hamkorlariga sotilişi mumkin.
The Atlantic aynan şu imkoniyat Amerika tomonidagi xavotirlarning sabablaridan biri bölişi mumkinligini qayd etgan.

















