Ferrari kompaniyasi ishlab chiqargan Luce yangi elektrli modelining ilk nusxasi Kaliforniya shtatidagi Monterey shahrida 40 mln dollarga sotildi. Bu haqda RM Sotheby’s auksion uyi xabar berdi.
«Ferrari Luce - Ferrari’ning dizayn, materiallar va rang sohasidagi tadqiqotlarining ilg‘or natijasidir. Chassis 0 raqami bilan belgilangan ushbu avtomobil Ferrari Luce modelining birinchi seriyali nusxasi bo‘lib, u to‘liq elektr avtomobildir», - deyiladi auksion saytidagi lot tavsifida.
Xabarga ko‘ra, avtomobil 40 mln dollarga sotilgan. Sotuvdan tushgan mablag‘ Ferrari Foundation xayriya jamg‘armasining ta’lim dasturlariga sarflanishi ta’kidlanmoqda.
Ferrari Luce - Ferrari’ning birinchi seriyali to‘liq elektr avtomobili bo‘lib, u ilk bor 2026-yil may oyida namoyish etilgandi.









