Ötgan qişlarda Rossiya Ukraina energetikasini izdan çiqarişga urindi, lekin bu yil Kiyev faqat öz osmonini himoya qiliş bilan çeklanmasligi mumkin. Ukrainlar Rossiyaning energetika infratuzilmasi va raketa işlab çiqariş korxonalarini nişonga olib, raqibning hujum salohiyatini pasaytirişga intilmoqda. Şu bilan birga, Vaşington Patriot tizimlarini Kiyevga beriş masalasida hamon bir qarorga kelmadi.

Mavzu borasida Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar söz yuritişdi.

Şuhrat Rasul: AQŞ Ukrainaga Patriot raketalarini berişi haqidagi gaplar yangrayapti, ammo bu yordamning qaçon va qay darajada yetib kelişi hozirça noaniq. Tramp ma’muriyatining pozitsiyasi tez-tez özgarib turgani sababli, Vaşingtonning aniq qarorini kutiş qiyin. Biroq yordam boşqa manbalardan ham kelişi mumkin. Masalan, Polşa Ukrainaga özining Patriot havo mudofaa tizimlarini berişga tayyorligini ma’lum qildi. Germaniya ham Patriot tizimlarini Ukrainaga topşiriş masalasini körib çiqmoqda.

Patriot tizimining muhimligi şundaki, u hujum quroli emas, balki havo mudofaasi vositasi. Xususan, PAC-3 raketalari Rossiya tomonidan qöllanayotgan ayrim ballistik raketalarni tutib qoliş imkoniyatiga ega.

Prezident Zelenskiy ham havo mudofaasini kuçaytiriş zarurligini ta’kidlab, qöşimça Patriot tizimlari yetkazib berilişi osmonni himoyalaş imkoniyatlarini sezilarli oşirişini bildirgan. Agar Ukraina yetarli miqdorda bunday tizimlarga ega bölsa, Rossiya raketa hujumlarining samaradorligini ança pasaytirişi mumkin. Ammo Rossiyaning özi qişki kampaniya davomida yetarli miqdorda raketaga ega böladimi degan masala ham bor.

15-avgust kuni Ukrainaga tegişli Flamingo raketalari Rossiyaning Samara şahridagi muhim sanoat ob’yektiga zarba bergani haqida xabarlar tarqaldi. Bu korxona faoliyati raketa va kosmik dasturlar uçun mahsulotlar işlab çiqariş bilan boğliq. Flamingo raketasining jangovar kallagi oğirligi taxminan 1 150 kilogramm ekani aytilmoqda. Bundan oldin esa Voronejdagi raketa sanoati uçun muhim butlovçi qismlar işlab çiqaruvçi korxonaga ham zarba berilgani haqida xabarlar bölgan. Agar bunday hujumlar davom etsa, Rossiyaning raketa işlab çiqariş salohiyatiga bosim kuçayişi mumkin.

Ammo Rossiyaning raketa zaxiralari va işlab çiqariş imkoniyatlari qişki kampaniyani davom ettiriş uçun qay darajada yetarli bölişi – alohida masala. Ukraina uçun esa qişning yana bir muammosi bor, bu – energetika. Masalan, Dnepr böyida joylaşgan Xerson şahri qiş mavsumida Rossiya zarbalari oqibatida elektr ta’minotidagi uzilişlarga duç kelmoqda. Şaharda aholiga yordam beriş uçun yuzlab isitiş punktlari va generatorlar örnatilgan. Bu punktlarda odamlar issiq çoy va kofe içişi, telefonlarini quvvatlaşi hamda elektr ta’minoti tiklangunça vaqtinça isinib turişi mumkin.