Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda Oʻzbekiston va Ozarboyjon yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yigʻilishini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Sammit kun tartibidan Oʻzbekiston – Ozarboyjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ishbilarmon doiralar va hududlar oʻrtasidagi kooperatsiyani chuqurlashtirish, transport-tranzit sohasidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari diqqat markazida boʻladi.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashadilar, koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

Muzokaralar yakunida salmoqli hujjatlar toʻplamini imzolash hamda qator iqtisodiy va gumanitar loyihalarni ishga tushirish koʻzda tutilgan.