Toshkent shahri markazida singan daraxt harakatlanib ketayotgan ikkita avtomobil ustiga quladi.

Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga koʻra, voqea 2-sentabr tong soat 05:32 da Maxtumquli koʻchasi 1-uy qarshisida roʻy bergan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.

photo_2026-09-02_09-59-32
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

“Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv ekipajlari va hamkorlikdagi xizmatlar jalb etildi hamda olib borilgan tezkor choralar natijasida yoʻldagi toʻsiqlar bartaraf etilib, avtomobillar harakati qayta tiklandi”, – deyiladi xabarda.