Uçraşuv çoğida Hindistonning MACLEC technical project laboratory pvt. LTD kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan, quvvati 50 MVt bölgan suv yuzasida suzib turuvçi kinetik turbinali innovatsion gidroagregatlarni Özbekistonga yetkaziş böyiça şartnoma imzolandi.
Uşbu hamkorlikning asosiy jihati şundaki, 1-bosqiçda gidroagregatlarning 60 foizi mahalliylaştiriladi va gidroagregatlar Özbekiston şaroitida sinovdan ötkaziladi. 2-bosqiçda işlab çiqariş 100 foiz mahalliylaştiriladi.
2022 yilning avgust oyida Hindistonning MACLEC kompaniyasi rahbarlari bilan gidroenergetika sohasida yangi hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş borasida ikki tomonlama uçraşuv ötkazilgan hamda Made in Uzbekistan milliy brendi asosida quvvati 500 kVtgaça bölgan kiçik GESlar uçun gidroagregatlar işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça anglaşuv memorandumi imzolangan.
Qisqa vaqt içida har bir daryo va kanallar uçun individual bölgan gidroagregatlar modellaştirildi, ularning nominal ölçamlari va quvvatlari yangi texnologiyalar yordamida aniqlandi va şu kunlarda işlab çiqariş jarayonlari boşlanadi.

















