Bugun, 21 fevral kuni «Özbekgidroenergo» AJ katta majlislar zalida Jamiyat hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd.” kompaniyasi rahbariyati boşçiligidagi delegatsiya vakillari iştirokida hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan uçraşuv ötkazildi.

Tadbir doirasida «Özbekgidroenergo» AJ Boşqaruvi raisi Abduğani Sanginov hamda XXRning “Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd.” kompaniyasi prezidenti Xe Szyandun tomonidan innovatsion loyihalar asosida lokalizatsiya va mahalliylaştiriş dasturi doirasida quvvati 2-15 MVtgaça bölgan gidroagregatlarni Özbekistonda işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça özaro anglaşuv Memorandumi imzolandi.

Mazkur Memorandum doirasida Xitoy Xalq Respublikasining gidroenergetika sohasida 60 yildan ortiq yuqori tajribaga ega bölgan Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd.” kompaniyasi bilan izçil hamkorlikda mamlakatimizda Markaziy Osiyoda yagona bölgan quvvati 2-15 MVtgaça bölgan gidroagregatlarni işlab çiqariş faoliyati yölga qöyilmoqda.

Mazkur xorijiy kompaniya nafaqat respublikamizning gidroenergetika sohasi uçun gidroagregatlarni işlab çiqaradi, balki endilikda Özbekiston orqali qöşni davlatlar – Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Afğoniston va boşqa davlatlar uçun ham gidroagregatlar işlab çiqariladi.

Mahalliylaştiriş borasida gidroagregatlarni işlab çiqariş böyiça Jamiyat tomonidan izçil işlar amalga oşirilib, mazkur kompaniya vakillari bilan ötgan yilning avgust oyidan buyon hamkorlik borasida ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazib kelinmoqda.

Mazkur hujjatga asosan, endilikda «Özbekgidroenergo» AJ Xitoyning Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd.” kompaniyasi bilan hamkorlikda har bir loyiha uçun individual va eksklyuziv bölgan gidroagregatlarni loyihalaştiradi. Mazkur gidroagregatlar «Özbekgidroenergo» AJning tizim taşkiloti hisoblangan, Toşkent viloyati Böstonliq tumanida joylaşgan «Energoqurilişindustriya» unitar korxonasidagi zavodda işlab çiqariladi.

Ta’kidlaş lozimki, Memorandum hamda tegişli kelişuv doirasida Xitoyning “Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd.” kompaniyasi tomonidan 30 dan ortiq muhandis-injyenerlar gidroagregatlarni işlab çiqariş jarayonida Jamiyat tizimidagi «Energoqurilişindustriya» UK zavodida faoliyatini davom ettiradi.