Xiva va Buxoro örtasida yangi elektropoyezd qatnovi yölga qöyiladi. 210 ming dollar evaziga tuman hokimi qilişga vaʼda bergan şaxs uşlandi. 100 trillion sömlik davlat mulki xususiylaştiriladi. Transport nazoratida bodi-kameradan foydalaniş boşlandi. 25 bolani taşiyotgan Damas haydovçisi uşlandi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.

Xiva va Buxoro örtasida yangi elektropoyezd qatnovi yölga qöyiladi

9-sentabrdan boşlab Xiva va Buxoro örtasida yangi elektropoyezd qatnovi yölga qöyiladi, deb xabar berdi «Öztemiryölyölovçi» AJ. Qayd qilinişiça, qatnov tezyurar CRRC-Daliyan yölovçi elektropoyezdida amalga oşiriladi. Uning tarkibi 5 ta vagondan iborat bölib, jami 415 ta ekonom-klass örindiği mavjud.

707-sonli «Xiva - Buxoro-1» elektropoyezdi seşanbadan taşqari haftaning barça kunlari harakatlanadi. Poyezd Xivadan soat 9:55 da yölga çiqib, Buxoroga soat 14:32 da yetib boradi.

706-sonli «Buxoro-1 - Xiva» elektropoyezdi duşanbadan taşqari haftaning barça kunlari harakatlanadi. Poyezd Buxorodan soat 15:45 da yölga çiqib, Xivaga soat 20:25 da yetib boradi.

210 ming dollar evaziga tuman hokimi qilişga vaʼda bergan şaxs uşlandi

Farğonada tuman hokimi lavozimiga işga joylaştirib qöyişni vaʼda qilgan şaxs tezkor tadbirda qölga olindi.

Maʼlum qilinişiça, S.A. boşqa bir fuqaroga özini hakamlik sudi sudyasining yordamçisi deb taniştirib, göyoki yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali 210 ming dollar evaziga uni Uçköprik tumani hokimi lavozimiga işga joylaştirib qöyişini aytgan.

S.A. kelişilgan puldan 100 ming dollarini olganda departamentning Farğona viloyati boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda uşlangan.

100 trillion sömlik davlat mulki xususiylaştiriladi

Prezident farmoniga muvofiq, xususiylaştiriş dasturi doirasida 84 ta xöjalik jamiyatidagi davlat uluşi, 1242 ta köçmas mulk obyekti hamda tadbirkorlik va şaharsozlik maqsadlari uçun qariyb 8 ming gektar yer uçastkasi savdoga çiqarilişi rejalaştirilmoqda.

Şuningdek, davlat iştirokidagi 85 ta korxona tugatiladi yoki qayta taşkil etiladi. Bundan taşqari, ilgari sotilmagan 84 ta aktiv boşlanğiç narxi 1 million söm etib belgilanib, qayta auksionga çiqariladi.

2027-yil yakunigaça savdoga qöyiladigan ayrim davlat aktivlari quyidagilardan iborat: Andijon mexanika zavodi (100 foiz uluşi); Yölovçi vagonlarini quriş va taʼmirlaş zavodi (90 foiz uluşi); Humo Air aviakompaniyasi (100 foiz); Oqtoş pansionati (100 foiz); Çust dehqon bozori (51 foiz uluşi); Yangiqörğon dehqon bozori (51,42 foiz); Töraqörğon markaziy dehqon bozori (51 foiz); Toyloq dehqon bozori (51 foiz); Jarqörğon dehqon bozori (54,6 foiz); Qibray dehqon bozori (51 foiz); Rapqon dehqon bozori (51 foiz); Yakkatut dehqon bozori (52,1 foiz).

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabariga köra, savdoga çiqariladigan aktivlarning umumiy qiymati 100 trillion sömni taşkil etadi. Ularni realizatsiya qilişdan yil yakuniga qadar kamida 14 trillion söm tuşum oliş kutilmoqda.

Transport nazoratida bodi-kameradan foydalaniş boşlandi

Transport nazorati inspeksiyasining Avtomobil transportida nazorat boşqarmasi Toşkent şahri va Toşkent viloyati hududiy bölimlarida faoliyat yuritayotgan inspektorlar nazorat-reyd tadbirlarida bodi-kameradan foydalanişni boşladi.

Yangi amaliyot nazorat jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida taşkil etiş hamda inspektorlar faoliyatining şaffofligini oşirişga qaratilgani taʼkidlanmoqda.

Maʼlum qilinişiça, bodi-kameradan foydalaniş amaliyoti keyinçalik Transport nazorati inspeksiyasining boşqa hududiy bölimlarida ham bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.

25 bolani taşiyotgan Damas haydovçisi uşlandi

Haydovçidan taşqari 6 nafar yölovçi siğadigan Damas avtomobilida önlab bolani taşiş davom etmoqda. Bu safar Toşkent şahri Yaşnobod tumanida haydovçi 25 nafar boğça bolasini olib ketayotganda töxtatildi.

Aniqlanişiça, mazkur haydovçi avvalroq maşinani mast holda boşqargani uçun sud hukmi bilan transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum bölgan. Poytaxt YHXB eʼlon qilgan videoda haydovçi qilgan işidan puşaymonligini bildirgan.

Damas jarima maydonçasiga joylaştirilgan. Haydovçiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.