Umid Obidxöjayev iqtisodiyot va moliya vazirining örinbosari etib tayinlandi. Mazkur tayinlovga qadar u 2021 yil may oyidan beri Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori lavozimida işlab kelayotgan edi.

Umid Obidxöjayev 1987 yilda Namangan şahrida tuğilgan. Ma’lumoti oliy, 2009 yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toşkent islom universitetini, 2014 yilda Yaponiyaning Keyo universiteti magistratura bosqiçini hamda 2017 yilda Keyo universiteti doktorantura bosqiçini iqtisodiyot yönalişi böyiça tamomlagan.

Umid Obidxöjayev va Ilhom Umrzoqov 
Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Mehnat faoliyatini 2009 yilda Davlat mulki qömitasining Taşqi aloqalar va jamoatçilik bilan aloqalar boşqarmasi yetakçi mutaxassisi lavozimida boşlagan. U 2014–2016 yillarda Yaponiyada Osiyo taraqqiyot banki institutining infrastruktura investitsiyalari böyiça ilmiy xodim, 2017–2018 yillarda Osiyo taraqqiyot bankining Osiyo va Tinç okeani mintaqasidagi infratuzilma investitsiyalarini baholaş instituti loyihasi böyiça maslahatçisi, 2018–2019 yillarda Yaponiyadagi Keyo universitetida iqtisodiyot böyiça ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritgan.

2019 yilda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Infratuzilma loyihalarini tahlil qiliş guruhi rahbari vazifasini vaqtinça bajarib, Özbekiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori örinbosari lavozimida ham işlagan.

Şuningdek, Ilhom Umrzoqov iqtisodiyot va moliya vazirining örinbosari — Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş departamenti direktor lavozimiga tayinlandi.

Gazeta.uz’ning yozişiça, u Tokio universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Özbekiston Markaziy bankida yetakçi iqtisodçi sifatida boşlagan, şuningdek, Xalqaro zaxiralarni boşqariş departamentida işlagan. Keyinroq Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligining Makroiqtisodiy siyosat, tahlil va prognozlaş boşqarmasi boşliği bölgan, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabini boşqargan (2020-2021 yillar).