Bu hukumatning 2026-yil 24-sentabrdagi 513-son qarorida nazarda tutilgan.

«Yangi agronom» tayyorlaş tizimi doirasidagi öquv amaliyotiga Toşkent davlat agrar universiteti va qişloq xöjaligi sohasi uçun mutaxassislar tayyorlaydigan boşqa oliy taʼlim taşkilotlarining tegişli yönalişlarida öqiyotgan 2- va 3-bosqiç talabalari jalb etiladi.

Iştirokçilar tanlov asosida saralanadi. Tanlov oliy taʼlim taşkilotlarida har yili kamida bir marta ötkaziladi.

Amaliyotni aʼlo baholar bilan tamomlagan talabalar orasidan maxsus komissiya saralab olgan nomzodlar ilğor tajribani örganiş uçun xorijiy davlatlarga yuboriladi.

Har bir «ustoz»ga 20 tagaça xöjalik biriktiriladi

«Ustoz-şogird» tizimi doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari paxtadan gektariga 50–60 sentnerdan yuqori hosil olgan ilğor agroklasterlar va fermer xöjaliklarini «ustoz» sifatida tanlovda qatnaşişga taklif etadi.

Tanlab olingan har bir agroklaster yoki fermer xöjaligiga paxta hosildorligi gektariga 30 sentnerdan past bölgan 20 tagaça fermer xöjaligi «şogird» sifatida biriktiriladi.

Har hosil yili yakunida «şogird» xöjalik paxtadan gektariga 50 sentnerdan yuqori hosil olsa, unga biriktirilgan «ustoz» agroklaster yoki fermer xöjaligi mukofotlanadi. Mukofot miqdori uşbu natijaga erişgan har bir «şogird» xöjalik uçun 5 million sömni taşkil etadi.

Tizim doirasidagi işlar Qişloq xöjaligi vazirligining «Raqamli qişloq xöjaligi» yagona integratsion platformasi orqali nazorat qilinadi. «Ustoz» va ularga biriktirilgan «şogird» xöjaliklar reyestrini ham vazirlik yuritadi.