Toşkent şahri Olmazor tumanidagi Şifokorlar köçasida Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yangi birlaşgan kompleksi barpo etilmoqda.
SSV matbuot xizmati birlaşgan markazga qaysi muassasalar kirişi böyiça ma’lumot berdi.
Yangi kompleks tarkibiga:
- Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Toşkent ş. Farobiy köçasi, 383-uy);
- markazning poytaxt filiali (Toşkent ş. Boğiston köçasi, 1/71-uy);
- markazning Toşkent viloyati filiali (Toşkent ş. Taxtapul darvoza köçasi, 341-uy) kiradi.
Bu yerda Toşkent şahri va viloyati fuqarolari uçun tibbiy yöllanmasiz, boşqa hududlardan kelgan bemorlar uçun yöllanma asosida bepul tibbiy xizmat körsatiladi.
Neça öringa möljallangan?
Bino — 8 qavat;
statsionar — 650 örinli;
kunduzgi statsionar — 100 örinli;
poliklinika — 500 qatnovga möljallangan.
Qanday klinik bölimlar iş boşlaydi?
17 ta yangi klinik bölim faoliyati yölga qöyiladi. Jumladan, Özbekistonda ilk bor suyak kömigi transplantatsiyasi bölimi oçiladi.
Qanday texnologiyalar örnatiladi?
Onkologiya tizimini, jumladan, uşbu kompleksni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlaşga 80 million dollar mablağ ajratilmoqda.
Markazda 16 ta reanimatsion va operatsion xonalar eng sönggi texnologiyalar bilan ta’minlanadi.
Intensiv terapiya bölimi yurak monitorlari, öpkani sun’iy şamollatiş moslamalari va boşqalar bilan jihozlangan konsolli funksional yotoqlarga ega böladi.
Turli tibbiyot muassasalarida faoliyat körsatayotgan 5 ta onkologiya kafedrasi birlaşib, yagona metodik markazga aylanadi. Ilk bor yadro tibbiyoti kafedrasi taşkil etiladi.
Kompleksda 9 ta bunkerdan iborat radioterapiya arsenali işga tuşiriladi. Birida töxtalişlar yuz bergan taqdirda ham boşqalari uning örnini töldirişi natijasida davo muolajasi uzluksizligi ta’minlanadi.

















