Joriy yil 18 sentabrda turizmni rivojlantiriş böyiça hukumat qarori qabul qilingan edi. Unda sayyohlar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş va biznes jarayonlarini raqamlaştiriş maqsadida vazirlik va idoralarga bir qança topşiriqlar berilgan.
Xususan, qarorning 8-bandida 2024 yil yakuniga qadar xalqaro onlayn tölov kompaniyalari (PayPal, AliPay, UniPay, Apple Pay, Google Pay kabi) bilan muzokara ötkazilib, uşbu vositalar Özbekistondagi tölov tizimlari va bank xizmatlariga ulanişi, zarur hollarda, milliy qonunçilik talablarini qayta körib çiqiş böyiça takliflar işlab çiqilişi belgilangan. Uşbu topşiriq ijroçilari sifatida Markaziy bank, şuningdek Raqamlaştiriş vazirligi va Turizm qömitasi körsatilgan.
Kun.uz muxbiri Markaziy bank bilan boğlanib, qaror ijrosi yuzasidan qilingan işlar haqida söradi.
Ma’lum qilinişiça, 2024 yil davomida Markaziy bank tomonidan mahalliy banklar tomonidan emissiya qilingan Visa va Mastercard xalqaro kartalarini «Apple Pay» va «Google Pay» tizimiga ulaş böyiça bir neça bor muzokara olib borilgan.
«Uşbu muzokaralarda Apple va Google kompaniyalari tomonidan Özbekiston hududida emissiya qilingan bank kartalarini Apple Pay va Google Pay tizimiga ulaş uçun bugungi kunda amaldagi qonunçilik hujjatlari, xususan Özbekistonning «Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida»gi qonunining ayrim talablarini qayta körib çiqiş zarurligi bildirilgan.
Şuningdek, Google kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan taqdimotda şaxsga doir ma’lumotlar Google kompaniyasining axborot tizimida saqlanişi ta’kidlab ötilgan bölib, Google Pay texnologiyalarining mamlakatimiz tölov xizmatlari bozoriga kirib kelişi oqibatida paydo bölişi mumkin bölgan risklarning oldini oliş maqsadida şaxsga doir ma’lumotlar sohasini tartibga soluvçi mas’ul davlat organlarining tegişli xulosalari olinişi taqozo etiladi», – deyiladi Markaziy bank taqdim qilgan izohda.
Ta’kidlanişiça, hozirda «qonunçilik hujjatlarida belgilangan talablarni qayta körib çiqiş hamda Apple Pay va Google Pay xizmatlarini mamlakatimizda joriy etiş böyiça Raqamli texnologiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Markaziy bank tomonidan işlar olib borilmoqda».


















