15 iyundan boşlab barça oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qiliş jarayoni boşlanadi.
2019-2020 öquv yili qabulida abituriyentlar uçun köplab yangiliklar va qulayliklar yaratilgan:
Birinçidan, Özbekistonda qator yangi oliy ta’lim muassasalari taşkil etildi. Jumladan, 8 ta xorijiy hamda 8 ta mahalliy oliy ta’lim muassasasi taşkil etilib, joriy öquv yilidan öz faoliyatini boşlaydi;
Ikkinçidan, Prezidentimizning taşabbusiga köra, respublika oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari qariyb 20 foizga oşirilib, 120 mingdan ortiq abituriyentlarni talabalikka qabul qiliş imkoniyati yaratildi. Jumladan, abituriyentlar Amaliy koinot texnologiyalari, Raqamli iqtisodiyot, Texnologik ta’lim, Maktabgaça ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi, Urbanistika, Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati, Devorbop va pardozbop quriliş materiallari texnologiyasi, Sanoat korxonalarida innovatsion loyihalar boşqaruvi kabi yangi zamonaviy bakalavriat ta’lim yönalişlarida tanlovda qatnaşiş imkoniyatiga ega böladilar;
Uçinçidan, barça abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga öqişga kirişda uçtagaça bakalavriat ta’lim yönalişida tanlovda iştirok etişlari mumkin, bu degani – abituriyentlar öz kuç va bilimlarini bir vaqtning özida uçta turli oliy ta’lim muassasasida sinab körişlari mumkin böladi;
Törtinçidan, çet tilini biliş darajasi töğrisidagi milliy (CEFR tizimi böyiça) sertifikat yoki xalqaro tan olingan imtihon tizimlarining (IELTS, TOEFL, JLPT, DSD, DELF kabi) sertifikatiga ega bölgan abituriyentlarga test sinovlarini topşirişda çet tili fanidan maksimal ball beriladi va ular uşbu fandan imtihon topşirişdan ozod etiladi;
Beşinçidan, kiriş test sinovlari iyul-avgust oylarida ötkazilişi abituriyentlarga ortiqça navbatlarsiz va odamlar bir joyda töplanib qolişining oldini olgan holda imtihonlarni topşirişga imkoniyat yaratadi;
Oltinçidan, köplab abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan bildirilgan taklif va e’tirozlardan kelib çiqib, Qurolli Kuçlar safida muddatli harbiy xizmatni ötab, harbiy qism qömondonligining tavsiyanomalariga ega bölgan abituriyentlar uçun asosiy qabul kvotalariga qöşimça ravişda alohida qabul kvotalari belgilandi;

















