Toşkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari, olimlari, tadqiqotçi yoşlar bilan uçraşdi.

Oçiq muloqot, suhbat, özaro fikr almaşiş ruhida ötgan mazkur uçraşuvda viloyatimizda taşkil etilib, bugungi kunda faol iş olib borayotgan meva-sabzavotçilikka ixtisoslaşgan agroklasterlar rahbarlari, tuman hokimlari ham qatnaşdi.

Fanlar akademiyasi tasarrufidagi Genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi instituti laboratoriya mudiri Baxtiyor Rasulov bir neça yillardan buyon qişloq xöjaligi ekinlari hosildorligini oşirişga möljallangan loyiha ustida iş olib bormoqda. U yaratgan işlanma ayni paytda qişloq xöjaligida faol qöllanilmoqda. Muloqot davomida Baxtiyor Rasulov Toşkent viloyati hokimiga özi ixtiro qilgan qişloq xöjaligi uçun işlanmalarini Toşkent viloyatida joriy etiş taklifini bildirdi.

Baxtiyor Rasulov, ÖzR FA tadqiqotçisi:

– Qişloq xöjaligi kasalliklariga qarşi qöllanilayotgan agroximikatlar me'yorlariga amal qilmaslikda, patogen mikroorganizmlar tabiatini töliq örganmay turib, ularga qarşi kuraş çoralarini işlab çiqiş xato. Ya'ni ösimlikning tabiatini bilmasdan turib, turli kimyoviy vositalarni qöllayveriş ösimliklarda stress holatlarini keltirib çiqaradi. Bu esa, öz navbatida, hosildorlikka salbiy ta'sir körsatadi, natijada kutilgan hosil olinmaydi.

Yoş olim, şuningdek, özi mehnat qilayotgan institutda bu yönalişda qator loyihalar amalga oşirilganini, xususan, fitopatogen mikroorganizmlarni aniqlaş, ularning tarqaliş hududini örganiş, ularga qarşi tabiiy kuşandalar orqali kuraşiş biotexnologiyalari mavjudligini, amaliyotga joriy etiş mumkinligini bildirdi.

Yadro fizikasi instituti yetakçi olimi Ahror Qoraxöjayev Toşkent viloyatidan içki hududlarga, poytaxtga yetkazib berilayotgan içimlik suvini kimyo sohasidagi eng sönggi ilmiy işlanmalardan foydalangan holda, muntazam ravişda tozalab boriş yuzasidan öz taklif-mulohazalarini bildirdi. Olimning aytişiça, ayni paytda Çirçiq daryosining yuqori özanidan poytaxt viloyati va poytaxtga yetkazib berilayotgan toza içimlik suvining sifati jiddiy nazoratga, fanning aralaşuviga muhtoj.

Tadbirda kötarilgan masalalar yuzasidan Toşkent viloyati hokimi munosabat bildirar ekan, olimlar tomonidan kun tartibiga qöyilgan barça masalalarni çuqur örganib, amaliyotga joriy etiş böyiça barça çora-tadbirlar körilişini bildirdi.

– Qişloq xöjaligi sohasi bugun olimlarning maslahati va yangi işlanmalariga nihoyatda muhtoj, – dedi Rustam Xolmatov. – Muhtaram Prezidentimiz oldimizga har bir işni olimlar bilan kengaşib, çuqur tahlil qilib, söngra amalga oşiriş vazifasini qöyganlar. Viloyatimizda taşkil etilgan meva-sabzavotçilik klasterlari jahon bozori uçun raqobatbardoş, ekologik talablarga javob beradigan mahsulot yetiştirişi – ayni paytda har qaçongidan ham dolzarb ahamiyatga egadir. Bugungi uçraşuvdan pirovard maqsad ham mana şu. Şuningdek, bugungi muloqot davomida bildirilgan barça taklif va mulohazalar yaqin kelajakda viloyatimiz misolida öz samarasini berişi uçun harakat qilamiz.