VIDEO
Keşbek bekor qilinsa, evaziga nima beriladi?
Otabek Bakirov: Keşbekni bekor qiliş taşabbusida uni qöllab-quvvatlaydigan omillar sanaldi, lekin qarşi dalillarni körmadik. Qaror qabul qilişdan oldin hammasini taroziga soliş kerak. Keşbek joriy etilgaç, yaşirin savdoning qança qismi rasmiylaşdi? Bekor qilinsa, bu jarayon davom etadimi yoki orqaga qaytadimi? Bu savollarga javob beradigan tahlillar taqdim etilgani yöq.
Yiliga 1,8 trillion sömlik keşbek tölovini bekor qiliş evaziga isteʼmolçilar nima oladi? “Şunça maktab, şunça boğça quriladi” degan umumiy gap yetarli emas. Masalan, tejaladigan mablağ “Taşabbusli byudjet”ga qöşiladimi yoki isteʼmolçi zimmasidagi boşqa soliqlar kamaytiriladimi? Hujjatlaştirilgan kafolat kerak.
Hozirda ayrim oilalar keşbekni öz daromadining bir qismi deb biladi, internet va uyali aloqa xarajatlarini şunga boğlagan.
Murod Muhammadjonov: Men bu tizim joriy etilayotganidayoq hisob-kitobni söraganman. Şundoğam çek berayotgan savdo korxonalarining çeklari uçun ham xaridorga 1 foiz tölanadi. Qöşimça rasmiylaşgan savdodan keladigan soliq şu xarajatni qoplaydimi? Faqat savdo tuşumiga qaraş yetarli emas, undan byudjetga qança soliq tuşganini ham hisoblaş kerak.
Balki 1,8 trillion söm xarajat evaziga byudjetga ança köp tuşum kelayotgandir. Buni örganmasdan bir tomonlama xulosa çiqarib bölmaydi. Keşbek summasining ösişini baholaganda tizimga keyinçalik kiritilgan çeklovlarni, suiisteʼmol holatlarining oldini oliş çoralarini ham hisobga oliş kerak.
Otabek Bakirov: “Örikzor”, “Abu Saxiy” va quriliş bozorlarining keşbek tölovlaridagi uluşi tizim boşlanganidan beri qanday özgarganini biliş qiziq. Aynan rasmiylaştiriş maqsad qilingan joylarda natija qanday?
Keşbek örniga lotereya ötkaziş yeçim emas, deb öylayman. Muqobil taklifim –mablağni qaysi hududda yiğilgan bölsa, öşa hududning “Taşabbusli byudjet” jamğarmasiga qöşimça yönaltiriş. Masalan, tumanda bir milliard sömlik keşbek şakllansa, şu mablağ öşa yerdagi loyihalarga sarflansin. Odamlar çek talab qilişdan öz hududi manfaat körişini biladi. Tejalgan mablağlarning maqsadli işlatilişiga işonç bölişi kerak.
Ösimlik yoğini markirovkalaş va biznes zimmasidagi xarajatlar
Otabek Bakirov: Ösimlik yoğini markirovkalaş taklifiga munosabatim salbiy. Loyihada bozor hajmi, yaşirin aylanma yoki kontrafakt uluşi, kutilayotgan iqtisodiy samara haqidagi hisob-kitoblarni körmadim. Biznes, savdo va isteʼmolçi qança xarajat qiladi, buning evaziga nima oladi – şu savollarga javob kerak. Yoğ kundalik zarur mahsulot, uning qimmatlaşişi kam daromadli oilalarga qanday taʼsir qilişi ham baholanişi lozim.
Avval markirovkalangan tovarlar böyiça mustaqil ekspertiza ötkaziş kerak. Narxlar qanday özgardi, iqtisodiy naf qança böldi, yaşirin aylanma qisqardimi? Baholaşni operatorga va boşqa manfaatdor tomonlarga aloqasi bölmagan mustaqil ekspertlar ötkazişi, natijalar oçiqlanişi kerak. Şungaça yangi mahsulotlarni majburiy markirovkalaş röyxatiga qöşişga moratoriy joriy qiliş tarafdoriman.
Murod Muhammadjonov: Men avvalo mavjud tizim töğri işlayaptimi, deb söragan bölardim. Işlab çiqarişda kodni öqişdagi xatolik sabab butun liniya töxtaşi, uni qayta işga tuşirişga töğri kelişi mumkin. Logistika, blok va donalab hisob yuritiş, kod boşqa joyda işlatilgan bölib çiqişi bilan boğliq muammolar bor. Şularni hal qilmasdan tizimga yana mahsulot qöşiş – muammoni kengaytirişi mumkin.
Xarajatni faqat mahsulot narxiga nisbatan kiçik uluş deb baholaş ham notöğri. Şartli misol: mahsulot 7 ming sömga sotilib, undan 700 söm foyda qolsa, 70 sömlik qöşimça xarajat sotuv narxining 1 foizi, lekin işlab çiqaruvçi foydasining 10 foizi böladi. Korxona buni yo narxga qöşadi, yo foydasi kamayadi, yoki har ikkalasi. Foyda kamayişi yangi texnologiya va iş örinlariga investitsiya imkoniyatini çeklaydi.
Kiçik işlab çiqaruvçilarga yuk oğirroq tuşadi. Bir xil uskunaning xarajati katta hajmda işlab çiqaruvçida köproq mahsulotga taqsimlanadi, kiçik korxonada esa mahsulot birligiga qimmatroqqa tuşadi. Şu sabab bir zavod misolida işlab çiqarişdan oxirgi isteʼmolçigaça butun jarayonni sinab, xarajat, vaqt yöqotilişi va texnik muammolarni hujjatlaştiriş kerak. Keyin ommalaştiriş haqida xulosa qilsa böladi.
Otabek Bakirov: Davlat biznesni muayyan operator (CRPT Turon) xizmatidan foydalanişga majbur qilayotgan ekan, operatorning özi ham hisobdor bölişi kerak. Uning moliyaviy hisobotlari, tuşumi, xarajati va dividendlari jamoatçilikka körinişi lozim. Men markirovka operatorini jamoat ahamiyatiga ega taşkilotlar röyxatiga kiritiş masalasini kötaryapman. Parlament ham undan iqtisodiyotga qança manfaat va qança yuk keltirganini söraşi kerak.
Ijtimoiy soliq imtiyozlaridan kim manfaat köryapti?
Otabek Bakirov: Pensiya tizimini muvozanatlaştiriş uçun mehnatkaşlar va bölajak pensionerlarga yoqmaydigan çoralarni muhokama qilyapmizmi, yirik biznesga berilgan ijtimoiy soliq imtiyozlarini ham körib çiqişimiz kerak. Bir tomondan oddiy odamga yuk oşib, ikkinçi tomondan ayrim kompaniyalarga nol yoki 1 foizlik stavka saqlanişi ikki xil standart böladi.
Imtiyoz muddatli bölişi kerak. Uç yilga berildimi, muddat tugagaç natija sarhisob qilinsin: maoşlar qança oşdi, neçta işçi rasmiylaşdi? Şundan keyin qaror qabul qiliş lozim. Mening kuzatuvlarimga köra, imtiyozlar ayrim hollarda xodim daromadidan köra kompaniya egalarining foydasiga xizmat qildi. Lekin menda töliq maʼlumotlar yöq. Aksini körsatadigan dalillar bölsa, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qömitasi oçiq eʼlon qilsin.
Murod Muhammadjonov: Maʼlumot eʼlon qilinmaganini natija bölmagan deb qabul qilişga qöşilmayman. Kengaşdagi muhokamalarda çakana savdo va umumiy ovqatlanişda xodimlarni rasmiylaştiriş tendensiyasi oşgani haqida maʼlumotlar körilgan. Iş haqi ösişi hamma joyda kuzatilmagan bölsa-da, rasmiy bandlikda ijobiy özgariş bölgan. Umumiy statistikani hozir ayta olmayman, lekin bu masala muhokama qilingan.
Öz amaliyotimda ham şuni körganman: korxona hujjatda 70 xodim körsatib, amalda 300 kişini işlatayotgan bölsa, ijtimoiy soliq stavkasi pasaygani hisobiga hammasini rasmiylaştirişga undaganmiz. Nega bu tahlillar oçiq eʼlon qilinmaganiga men ham javob bera olmayman. Ammo maʼlumot oçiq emasligi uning umuman yöqligini anglatmaydi.
Soliqning faqat byudjetga pul yiğiş emas, iqtisodiyotni rağbatlantiriş vazifasi ham bor. Çekka hududga korxona olib boriş, rivojlanişi qiyin sohada iş örni yaratiş uçun imtiyoz kerak bölişi mumkin. Hammasini bekor qilişdan oldin qaysi hudud va sohaga qanday taʼsir qilişini örganiş zarur. Şu bilan birga, alohida kompaniyaga individual imtiyoz berişni qöllab-quvvatlamayman.
Otabek Bakirov: Söx va Möynoq kabi hududlarda ham imtiyoz berilgan davrda rasmiy işlovçilar va soliq tölovçilar soni qanday özgarganini körsatişsin. Asosiy talabim - natijaning oçiqligi. Alohida kompaniyalarga yopiq qaror bilan imtiyoz berilişiga qarşiman. Agar subsidiya bilan soliq imtiyozini taqqoslasak, qisqa muddatga, aniq şartlar va natija talabi bilan beriladigan soliq imtiyozini maʼqulroq deb bilaman. Bu çeksiz imtiyoz berişni davom ettiriş kerak degani emas.
“Uglerod soliği ham isteʼmolçi zimmasiga tuşmasin”
Murod Muhammadjonov: Uglerod soliği mavjud soliqlarga qöşimça qilib joriy etilsa, narxlarga taʼsir qiladi. Yoqilği işlab çiqaruvçiga yoki şu yoqilğidan foydalanadigan tadbirkorga solingan yuk oxir-oqibat isteʼmolçiga boradi. Şu sabab faqat qança soliq undiramiz yoki çiqindini qança kamaytiramiz, deb qaraş yetarli emas. Aholiga taʼsirini ham hisoblaş kerak.
Mavjud aksizning bir qismini uglerod soliğiga almaştiriş variantini körib çiqiş mumkin. Şunda masala şunçaki yana bir soliq qöşişdan köra, amaldagi yukni qayta taşkil etiş doirasida hal qilinadi. Aks holda qöşimça xarajat korxonaning daromadini kamaytirib, filtrlaş uskunalarini yangilaş imkoniyatini ham çeklaşi mumkin. Soliq kiritişdan oldin şu taʼsirlar örganilişi lozim.
Otabek Bakirov: Uglerod soliğining maqsadi byudjetga qöşimça daromad topiş emas, atrof-muhitni ifloslantirayotgan korxonalarni texnologiyalarini özgartirişga, ekologik standartlarga yaqinlaşişga undaş bölişi kerak. Men bu soliqning joriy etilişiga qarşi emasman. Lekin mavjud soliqlarni mutanosib özgartirib, yukni qayta taqsimlaş masalasi birga körilişi zarur.
Yana bir muhim savol – çiqindilarni adolatli baholaş imkoniyatimiz bormi? Kömir yoqadigan elektr stansiyasi yoki neft-gazni qayta işlovçi korxonani qaysi ölçov asosida soliqqa tortamiz? Emissiyalarni ölçaş va baholaş vositalari yetarlimi? Taklifni ilgari surayotganlar muayyan korxona misolida buni hisoblab, dalillarni körsatişi kerak.
Ekologik talablar haqida gapirganda issiqxonalar masalasini ham unutmaslik lozim. Ularning faoliyatini töxtatiş örniga qatʼiy standartlar belgilab, işlab çiqarişni saqlagan holda talablarni bajarişga erişiş mumkin edi. Issiqxonaçilarning ham eşitilmagan muammolari bor. Yangi soliq ular zimmasiga ham tuşib, keyin mahsulot narxi orqali aholiga ötib ketmasligiga eʼtibor beriş kerak.
















