Shuningdek N.Nazarboyev O‘zbekiston prezidentining mintaqalararo do‘stlik aloqalarining yaxshilanishiga katta hissa qo‘shganini alohida ta'kidladi va Shavkat Mirziyoyevni birinchi darajali "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi.
"Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo mamlakatlari ahilligiga qo‘shgan hissasi juda katta. U bir yarim yillik prezidentlik faoliyati davrida barcha qo‘shnilar bilan til topishib, barimizni do‘stlashtirib, bugungi besh davlat rahbarining Ostonaga kelishiga juda katta hissa qo‘shdi", - deydi u.
Qozog‘iston prezidenti fursatdan foydalanib, o‘zbek va qozoq xalqlarini Navro‘z bayrami bilan chin dildan tabrikladi.
Nazarboyev so‘z so‘ngida Alisher Navoiy va Abayning do‘stlik haqidagi hikmatli so‘zlarini keltirgan holda, O‘zbekistonda Abay haykali bo‘lgani kabi, Ostonada ham buyuk o‘zbek mutafakkiri Alisher Navoiy haykali o‘rnatilishini ta'kidladi.










