Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Sergeli tumani bölimi tijorat banklaridan biridagi yirik miqdordagi talon-toroj holatini aniqladi.
Departament maʼlumotiga köra, tergovga qadar tekşiruv davomida bankning masʼul şaxslari fuqaro I.M. tomonidan omonatga qöyilgan 500 ming AQŞ dollarining 300 ming dollarini özlaştirgani aniqlangan.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, mablağni oliş uçun omonat egasi nomidan qalbaki ariza va boşqa hujjatlar rasmiylaştirilgan. Şu tariqa omonatdagi mablağning katta qismi talon-toroj qilingani aytilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi - özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş hamda 228-moddasi - hujjatlar, ştamplar, muhrlar va blankalarni qalbakilaştiriş yoki ulardan foydalaniş bilan jinoyat işi qözğatildi.
Hozirda iş doirasida gumonlanuvçilarning harakatlariga huquqiy baho beriş, mablağlarning harakatini aniqlaş va voqeaga aloqador boşqa şaxslarni belgilaşga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Rasmiy xabarda tijorat bankining nomi va gumonlanuvçi masʼul şaxslar haqidagi boşqa maʼlumotlar oçiqlanmagan.








