Kun.uz muxbirining xabar berişiça, noodatiy loyiha asosida bunyod etilgan uşbu masjidda bir vaqtning özida 15 ming namozxon ibodat qilişi mumkin. Xonaqohning öziga 4,5 ming kişi siğadi. Bugungi ibodatga 10 ming nafardan ziyod namozxon keldi.

"Bu dargoh viloyatdagi 189-masjid bölib, bu yerda namozxonlar uçun barça qulayliklar hozirlangan. Uşbu masjidda ilk bora öqilgan juma namozida bu kabi maskanlar köplab bunyod etilişini niyat qildik", — deydi «Yusufxon öğli Qosimxon» masjidi imom-xatibi Musoxon Abbasiddinov.

Bu yerda bir vaqtning özida 100 kişiga xizmat qiladigan tahoratxona ham bitkazildi, zamonaviy isitiş va sovitiş tizimlari örnatildi.

20 ming kvadrat metr joyda qad rostlagan masjidning umumiy maydoni 4 gektarni taşkil etadi. Şundan 2 gektari 700 örinli avtoturargoh uçun möljallangan.