Bugungi kunda Özbekistonda ham onlayn sport turlari rivojlanib bormoqda. 2016 yilda Özbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi iş boşlaşi bu sohadagi dastlabki qadam böldi. Federatsiyaning bugungaça bölgan faoliyati, olib borilayotgan va qilinişi kerak bölgan vazifalar, taşkil etilayotgan turnirlar, PlayStation va kompyuter öyingohlari, Özbekistonda Kibersportni rivojlantiriş istiqbollari töğrisida federatsiya prezidenti Aziz Pattaxov bilan suhbatlaşdik.

«Özbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi öz faoliyatini 2016 yildan boşlab, bugungi kunga qadar elektron kompyuter sporti sohasida bir qator işlarni amalga oşirib kelmoqda. 2018 yildan e'tiboran elektron kompyuter sporti (kibersport) rasmiy sport turlar reyestrida 100-sport turi sifatida qayd etildi va tan olindi. Federatsiyaning kibersportçilari esa qisqa vaqt içida professional darajaga çiqişga hamda jahon va xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli iştirok etişga erişişdi.
Şuningdek, 2016 yilda respublikamiz kibersport tarixida eng yirik kibersport arenasi taşkil etildi. «Uz Arena» nomi ostida öz faoliyatini boşlagan uşbu arena jahon talablariga töliq javob beruvçi zamonaviy texnikalar 50ta kompyuter, va 24ta PlayStation hamda katta Led-ekranlar bilan jihozlangandi.
Hamma bolaning turliça narsaga iqtidori böladi. Kimdir ilm-fanga qiziqsa, kimdir kompyuter öyinlarida katta muvaffaqiyatga erişib, sport yulduzi bölişi mumkin. Faqat töğri yönaltiriş vazifasini biz bajarişimiz kerak. Kibersport orqali bolalarni ma'lum maqsadga yönaltirişimiz mumkin. Bu faqat öyin emas, balki biz ham bolalarga talab qöyamiz. Rus tili va ingliz tillarini biliş talab etiladi. Çunki xalqaro arenalarda muloqot şu tillarda böladi. Bundan taşqari, öyin işlab çiqaruvçi kompaniyalar ham öyinlarini ingliz va rus tillarida çiqaradi. Kibersport turi Özbekistonda endi rivojlanib kelyapti. Bu sport turi orqali katta daromad topiş mumkin. Çunki xalqaro musobaqalarda juda katta sovrinlar qöyiladi. Bundan taşqari, tadbirkorlarimizni ham hamkorlikka çaqirib qolamiz. Ular uçun maxsus tizim işlab çiqqanmiz. Bundan ular ham biz ham foyda köramiz.

Playstation xonalarda içkilik, tamaki mahsulotlari qat'iyan taqiqlanadi. Bu sport turi bolalarning darsiga xalaqit bermaydi. Çunki biz oldin bolalarni öqişini söraymiz. Öqişi yaxşimi? Bu sport unga halaqit qilmaydimi? Va albatta, bolaning bu sport turi bilan şuğullanayotganini ota-onasi bilişi kerak. Bolalar kelajakda tanlaş uçun faqat 2-3ta yönaliş bilan çeklanmasligi kerak. Aytaylik, OTMga kira olmagan bola bitta maşinani ijaraga olib, taksiçilik bilan şuğullanişi emas, agar qiziqqan bölsa, professional darajada şuğullanib, kibersport bilan hayotini qurişi mumkin. Bu sport turi bilan biznes qiliş imkoni ham mavjud.


















