O‘zbekiston | 19:09 / 23.10.2022
14078
1 daqiqa o‘qiladi

Termizdagi aeroport orqali amalga oshiriladigan parvozlar Qarshidagi aeroportga ko‘chiriladi

Termiz xalqaro aeroporti faoliyati 25 dekabrgacha to‘xtatilgan.

Foto: Uzbekistan Airpors

Termiz xalqaro aeroporti orqali amalga oshiriladigan parvozlar Qarshi xalqaro aeroportiga ko‘chiriladi.

Uzbekistan Airways matbuot xizmatining bildirishicha, 1 noyabrdan 25 dekabrga qadar Uzbekistan Airways’ning HY-065/066 va HY-069/070 Toshkent—Termiz—Toshkent, HY-609/610 Termiz—Moskva—Termiz, HY-711/712 Termiz—Sankt-Peterburg—Termiz aviaqatnovlarining yetib kelishi va jo‘nab ketishi Qarshi xalqaro aeroportidan va yangi jadvalga asosan amalga oshiriladi.

Aeroport yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan yopiladi.

Bundan oldinroq Termiz xalqaro aeroporti faoliyati 25 dekabrgacha to‘xtatilishi haqida xabar berilgan edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid