15:00 / 15.09.2018
13873

O‘zbekiston chempionatida ikkinchi bosqich. «Paxtakor» 3ta gol o‘tkazdi va «Navbahor»ni yenga olmadi, «Lokomotiv» yaqqol peshqadam

13 sentabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining hal qiluvchi ikkinchi bosqichiga start berildi. 

Shu kuni ligada qolish uchun kurashadigan 4 jamoa o‘zaro bellashdi. Jumladan, «Qo‘qon-1912» o‘z uyida «Nasaf»ni qabul qildi. Uchrashuvda hisob 63-daqiqada ochildi. Gol muallifi Javohir Sidiqov. Oradan 7 daqiqa o‘tib, Bobir Abdixoliqov hisobni tenglashtirdi. Shu hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi. Natijada jamoalar bir ochkoli bo‘lishdi.

Jizzaxda «So‘g‘diyona» «Qizilqum» jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etildi. Mehmonlarning gollariga Ivan Nagayev va Artur Gevorkyan mualliflik qildi, jizzaxliklar jamoasi safida esa Shohruz Norxonov va Nikola Milinkovich o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishdi. 

Endilikda «Qizilqum» qolish uchun kurashuvchilar guruhida 20 ochko bilan birinchi o‘rinda, «Nasaf» 17 ochko bilan ikkinchi, «Qo‘qon-1912» 14 ochko bilan to‘rtinchi, «So‘g‘diyona» esa 10 ochko bilan beshinchi o‘rinda joylashgan.

Pepsi Superliga
23-tur bellashuvlari

13-sentabr, payshanba
«Qo‘qon-1912» — «Nasaf» 1:1
Gollar: 1:0—63 Javohir Sidiqov. 1:1—70 Bobir Abdiholiqov.
Amalga oshirilmagan penalti: Bobur Davlatov 18 (darvozabon)
«Qo‘qon-1912»: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov, 10. Javohir Sidiqov, 15. Oybek Rustamov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 19. Suhrob Berdiyev (96. Muhammadanas Hasanov -84), 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 70. Jasur Hakimov (4. Bahodir Akramov, - 87), 79. Iqbol Malikjonov (9. Nosir Otaqo‘ziyev – 84).
«Nasaf»: 35. Sanjar Quvvatov, 4. Maqsud Karimov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Odil Hamrobekov, 9. Amir Safarov (38. Akmal Mozgovoy – 89), 10. Bobur Abduxoliqov, 14. Sharof Muhitdinov, 17. Doniyor Narzullayev, 18. Bobur Davlatov (27. Islom Rashidxonov – 82), 31. Saydullo Rahmatov (15. Dilshod Saitov -72), 92. Umar Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: G‘olib G‘aybullayev 24, Doniyor Narzullayev 35, Iqbol Malikjonov 77.

«So‘g‘diyona» — «Qizilqum» 2:2
Gollar: 0:1—8 Ivan Nagayev, 1:1—45+1 Shohruz Norxonov. 1:2—53 Artur Gevorkyan, 2:2—83,penalti Nikola Milinkovich.
«So‘g‘diyona»: Shirinboy Abdullayev, Sardor Qulmatov, Elyor Orifov (Tohir Shamsiddinov, 58), Sardor Azimov, Shohruz Norxonov, Shahboz Jo‘rabekov, Sanjar Rashidov, Izzat Abdullayev (Kim Dong Xi, 62), Milash Simonovich, Nikola Milinkovich, Nuriddin Hasanov (Shohjahon Hasanov, 80)
«Qizilqum»: Yevgeniy Cheremisin, Erkin Boydullayev, Alisher Sanoyev, Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Elguja Grigalashvili, Mirjalol Qosimov (Eldor Boymatov, 40), Ivan Nagayev (Nemanya Yovanovich, 69), Salim Mustafoyev.

14 sentabr kuni Superliga 2-bosqichi dastlabki turi davom ettirildi. Shu kuni chempionlik uchun kurashuvchi 4 jamoa o‘rtasida bellashuvlar bo‘li o‘tdi.

Bekobodda «Metallurg» Toshkentning «Lokomotiv» jamoasini qabul qildi. Bahs taqdirini Ikrom Aliboyev tomonidan 31-daqiqada urilgan yagona gol hal etdi. Shu tariqa, «temiryo‘lchilar» hal qiluvchi bosqichni g‘alaba bilan boshladi va 21 ochko to‘plagan holda chempionlik uchun kurashuvchilar guruhida yaqqol peshqadamlik qila boshladi.

Kunning ikkinchi o‘yini Namanganda kechib, «Navbahor» o‘z muxlislari qarshisida «Paxtakor»ni qabul qildi.

Bu bahsda muxlislar 6ta gol guvohi bo‘lishdi - 3:3. Mezbonlardan Ayubxon No‘'monov, Azizbek Turg‘unboyev, Igor Golban o‘z hisobiga gol yozib qo‘ygan bo‘lsa, «Paxtakor»ning gollariga Dragan Cheran, Ismoil Gonsalvesh va Farrux Sayfiyev mualliflik qildi. Toshkentliklar jamoasining bir goli inobatga olinmadi - 51-daqiqada, hisob 1:1 bo‘lib turganida, «Paxtakor» yarimhimoyachisi Cheranning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza ustuniga tegib, maydonga qaytdi. Unga yetib kelgan Jaloliddin Masharipov osonlik bilan darvozani ishg‘ol etdi. Biroq, bosh hakam Aziz Asimov yon qanot hakami qaroriga ko‘ra, ofsayd qayd etdi.

Bu natijadan keyin namanganliklar jamoasi chempionlik uchun kurashuvchilar guruhida 20 ochko bilan ikkinchi o‘rinda, «Paxtakor» esa 18 ochko bilan uchinchi o‘rinda joylashgan.

Pepsi Superliga
23-tur bellashuvlari

14 sentabr, juma
«Metallurg» — «Lokomotiv» 0:1
Gol: 0:1—31 Ikrom Aliboyev.
«Metallurg»: 35.Javohir Ilyosov, 5.Abbos Otaxonov, 8.Shahzod Shaymanov, 9.Zabixullo O‘rinboyev, 14.Abror Toshqo‘ziyev, 15.Zohid Abdullayev, 28.Stanislav Andreyev, 37.Sherzod Fayziyev, 55.Akbar Ismatullayev, 87.Bahodir Pardayev, 90.Zafar To‘rayev.
«Lokomotiv»: 1.Ignatiy Nesterov, 55.Anzur Ismoilov, 5.Kaxi Maxaradze, 88.Igor Yyelich, 33.Oleg Zoteyev, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 7.Sadriddin Abdullayev, 22.Sanjar Shoahmedov, 9.Ikrom Aliboyev, 10.Marat Bikmayev, 27.Sardor Rashidov.
Ogohlantirishlar: Javohir Ilyosov 11, Oleg Zoteyev 73, Ignatiy Nesterov 89, Sardor Mirzayev 90+2.
Chetlatish: Marat Bikmayev 90+4.

«Navbahor»—«Paxtakor» 3:3
Gollar: 1:0—40 Ayubxon No‘'monov, 1:1—48 Dragan Cheran, 1:2—72,penalti Ismoil Gonsalvesh, 2:2—76 Azizbek Turg‘unboyev, 2:3—80 Farrux Sayfiyev, 3:3—Igor Golban.
«Navbahor»: 1.Botirali Ergashev, 5.Igor Golban, 7.Sherzod Karimov, 10.Azizbek Turg‘unboyev, 8.Ayubxon No‘'monov, 9.Dilshod Jabborov (14.Ilhom Boydedayev, 83), 19.Mirzohid G‘ofurov, 21.A'zam Aliyev, 24.Davron Hoshimov, 30.Darko Nikach (15.Azamat Allaniyozov, 90+2), 44.Darko Stanoyevich
«Paxtakor»: 25.Eldorbek Suyunov, 2.Akmal Shorahmedov, 4.Sherzod A'zamov, 7.Azim Ahmedov, 8.Dilshod Rahmatullayev, 9.Jaloliddin Masharipov (22.Jasur Yaxshiboyev, 88), 11.Ismoil Gonsalvesh (21.Kamoliddin Tojiyev, 85), 15.Yegor Krimets, 34.Farrux Sayfiyev, 69.Dragan Cheran, 77.Tiago Bezerra
Ogohlantirishlar: Yegor Krimets 29, Davron Hoshimov 29.

Bugun, 15 sentabr sanasida Pepsi Superliga bahslari davom ettiriladi. Kun taqvimidan ikki uchrashuv o‘rin olgan.

Ulardan birinchisida pastki oltilikdan joy olgan AGMK va «Neftchi» jamoalari o‘zaro kurash olib boradi. Olmaliqda o‘tadigan bahs 18:00 da boshlanishi belgilangan. Ikkinchi bosqich arafasida OGMK qolish uchun kurashuvchilar guruhida 16 ochko bilan uchinchi o‘rinda, «Neftchi» esa 7 ochko bilan oltinchi o‘rinda joylashgandi.
 
Ikkinchi uchrashuv esa chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar o‘rtasida kechadi. Toshkentda «Bunyodkor» «Buxoro»ni qabul qiladi. Uchrashuv 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Ayni vaqtda «Bunyodkor» guruhda 14 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda, «Buxoro» esa 7 ochko bilan oltinchi o‘rinda joylashgan.

Chempionlik uchun kurash guruhi

Qolish uchun kurash guruhi 

 

Top