Nepal turizm boşqarmasiga tayanib BBC naşrining xabar berişiça, 26-avgust kuni suv toşqinidan jabr körgan hududda sayohat qilayotgan kamida 384 nafar sayyoh bilan aloqa uzilgan. Ularning 291 nafari xorijliklar, jumladan, yuzdan ortiği Hindiston fuqarosi, 17 nafari Malayziya fuqarosi va 12 nafari britaniyalikdir.

Kopiya 112
Reuters
Foto:

Bedarak yöqolganlar orasida Rasuva tumanidagi gidroelektr stansiyasi qurilişida işlagan sakkiz nafar Janubiy Koreya fuqarosi ham bor, deb xabar berdi Yonhap. Yana 10 nafar koreyalik hududdan çiqa olmay, qutqaruvçilarni kutmoqda.

Çorşanba oqşomiga kelib 95 kişining ölimi tasdiqlandi, deb xabar berdi AFP va Reuters agentliklari Nepal politsiyasiga tayanib.

Nepal poytaxti Katmanduda yaşovçi xitoylik tadbirkor I Lyong öz kompaniyasiga tegişli yettita konteyner taşuvçi kema suv toşqini hududida ekanini aytdi. Xodimlar bilan barça aloqa uzilgan. Uning sözlariga köra, tabiiy ofat haqida heç qanday ogohlantiriş bölmagan.

Kopiya 114
Reuters
Foto:

«Bu yerlarda, ayniqsa, yomğirlar mavsumida vaqti-vaqti bilan sel oqimlari va köçkilar bölib turadi, ammo bu galgisi ança jiddiyroqqa öxşaydi», - dedi tadbirkor.

Nepal taşqi işlar vaziri Şişir Xanalning aytişiça, dastlabki maʼlumotlarga köra, kutilmagan suv toşqiniga köçki sabab bölgan, köçki esa öz navbatida çorşanba kuni ertalab, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 8:37 da yuz bergan zilzila tufayli kelib çiqqan.

Potsdamdagi Gelmgols markazi (Germaniyadagi geologiya fanlari tadqiqot markazi) çorşanba kuni ertalab Nepalda 4,4 magnitudali zilzilani qayd etgan.

Katmandudagi Toğli hududlarni kompleks rivojlantiriş xalqaro markazi xodimi Syangun Çjan va boşqa olimlarning fikriça, suv toşqiniga Nepal tomonidagi Lxende-Kxola daryosiga qor köçkisining tuşişi turtki bölgani taxmin qilinmoqda.

Nepal TIV rahbarining sözlariga köra, vayronagarçiliklar nafaqat Nepalda, balki Xitoyda ham kuzatilmoqda va har ikki davlat öz harakatlarini muvofiqlaştirmoqda. 70 dan ortiq harbiy va politsiyaçi, şuningdek, bojxona va çegara nazorati xodimlari bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.