28 noyabr kuni Andijon viloyati Xöjaobod tumani IIB boşliği, podpolkovnik Rustam Jaloldinov 3-sektor hududidagi maktablarning ayrim öquvçilar bilan uçraşdi.

Bu haqda xabar bergan tuman hokimligi matbuot xizmati uçraşuv “qizil toifadagi” öquvçilar bilan bölganini yozgan.

“Xöjaobod tumani 3-sektor hududida joylaşgan maktablardagi 18 nafar qizil toifadagi öquvçilar bilan tuman IIB boşliği Rustam Jaloldinov va Xalq qabulxonasi mudiri D.Komiljonovlar tomonidan kelgusida öquvçilarni qiziqişlari böyiça suhbat taşkil etildi”, – deyiladi hokimlik xabarida.

Rasmiylarga köra, uçraşuvda öquvçilar bilan “maktabdan keyingi mustaqil hayotdagi rejalari haqida” birma-bir suhbat olib borilgan va kerakli tavsiyalar berilgan.

Xabarga ilova qilingan suratlarda römol öragan öquvçi qizlar (9 nafar) va bir neça yigitni köriş mumkin. “Suhbatda” bir qança mas’ullar ham qatnaşgani körinadi.

Tuman hokimligi öz xabarida voyaga yetmagan bolalar “qizil guruhda” ekanini qayd etiş bilan ularga salbiy böyoq bergan, suratlarda ularning yuzlari oçiq holda qoldirgan.

Bolalar qaysi xususiyatiga köra “qizil guruh”ga kiritilganiga izoh berilmagan.

Ma’lumot uçun, “Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida”gi qonunining 4-moddasiga binoan, Özbekistonda bolalarning kamsitilişiga yöl qöyilmaydi, ularning şa’ni va qadr-qimmati himoya qilinadi.

Qonunning 10-moddasida davlat bolalarni inson qadr-qimmatini kamsituvçi muomaladan himoya qilişi nazarda tutilgan.