Qaşqadaryoda 6 mlrd dollarlik loyihalarga start berildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi doirasida yangi loyihalarni işga tuşiriş va qurilişiga start beriş marosimida iştirok etdi.

Davlat rahbarining sözlariga köra, sönggi beş yilda viloyatga 20 trillion söm mablağ yönaltirilib, 7 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan. Xomaşyoni çuqur qayta işlaşga qaratilgan minglab loyihalar işga tuşirildi, aholi jon boşiga daromad uç baravar oşdi.

«Endi yetiştirilgan mahsulotni viloyatning özida çuqur qayta işlab, voha aholisining munosib daromad topişiga şaroit yaratiş kerak», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şu maqsadda umumiy qiymati 6 milliard dollardan ziyod bölgan 161 ta loyiha tayyorlangan. Marosimda 69 ta loyiha işga tuşirildi, yana 92 tasining qurilişiga start berildi.

Özbek-lotin alifbosida 4 ta harf rasman özgartirildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 21-oktabr – Özbek tili kunida lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosidagi törtta harfni özgartiriş haqidagi qonunni imzoladi.

Qonun quyidagi özgarişlarni nazarda tutadi:

O‘ o‘ → Ö ö

G‘ g‘ → Ğ ğ

Sh sh → Ş ş

Ch ch → Ç ç

ng harfi mustaqil harf sifatida alifbodan çiqariladi.

Tutuq belgisi alifboda saqlanib qoldi.

Amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.

Qonun rasman eʼlon qilinganidan keyin 6 oy ötib kuçga kiradi.

Öquvçi, talaba va pedagoglar har yili psixologik diagnostikadan ötkaziladi