Şavkat Mirziyoyev hokimlar bevosita xalq tomonidan saylanişini taklif qildi
|05:07 / 08.12.201668 32710 min
Özbekiston respublikasining saylangan prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bağişlab ötkazilgan tantanali marosimda ma'ruza qildi.
Prezident öz ma'ruzasida asosiy maqsad “Xalq qabulxonalari”ga qilingan heç bir murojaat e'tiborsiz qolmaydigan tizim yaratiş hisoblanişini aytib ötgan. U şuningdek, hokimlar bevosita xalq tomonidan saylanişini joriy etiş masalasi körib çiqilişini aytgan.
Bugun hayotimizning özi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad – inson manfaatlarini har tomonlama ta'minlaş masalasini dolzarb vazifa qilib qöymoqda.
Inson manfaatlarini ta'minlaş uçun esa avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qiliş, ularning dardu taşvişlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxşi biliş kerak.
Yaqinda bölib ötgan saylovoldi uçraşuvlarida men bir narsaga amin böldim. Biz keyingi paytda odamlar bilan muloqot qilişni unutib qöydik. Ularning içiga kirib, oçiq va samimiy gaplaşiş, dardini eşitiş bizning faoliyatimizda, afsuski, oxirgi öringa tuşib qoldi.
Hozirgi vaqtda odamlar davlat idoralaridan nimani istayapti? Bu haqda gapirganda, e'tiboringizni muhim bir masalaga qaratmoqçiman.
Xabaringiz bor, şu yil 25 sentyabrda Boş vazirning internet tarmoğida elektron qabulxonasi taşkil etilgan edi. Ötgan davrda uşbu qabulxonaga fuqarolarimizdan 218 mingdan ortiq murojaat kelib tuşdi. Murojaatlarning qariyb 59 foizi yeçimini topgan bölsa, 41 foizi körib çiqilmokda.
Oçiq aytişim kerak, bu murojaatlar tahlilidan köp narsa ayon böldi. Ta'bir joiz bölsa, ular hayotimizda mavjud bölgan ötkir muammolarga közimizni oçib berdi.
Mana, odamlar nimalar haqida murojaat qilmoqda. Avvalo, ular turli sohalardagi byurokratik tösiqlarni olib taşlaş, qonunga zid bölgan köplab idoraviy yöriqnomalarni bekor qiliş, stavkasi optimal bölgan bank kreditlari ajratiş, tadbirkorlik böyiça noqonuniy tekşirişlarga barham beriş haqida, huquq-tartibot idoralarining faoliyati haqida murojaat qilmoqda.
Şu bilan birga, aholimizdan uy-joy qurilişi, kommunal, transport va savdo xizmati, energiya ta'minotini, yöllarning holatini yaxşilaş böyiça ham köplab murojaatlar kelib tuşmoqda.
Körib turibsizki, aziz döstlar, bu talablarning barçasi qonuniy va adolatli. Bu borada ortiqça izohning hojati yöq, deb öylayman.
Mavzuga oid
Lekin şu örinda bir savol tuğiladi: mana şu murojaatlarda kötarilgan hayotiy muammolarni joylardagi hokimlik va idoralar, tegişli mutasaddilar öz vaqtida hal etişi zarur emasmidi? Holbuki, bu masalada alohida qonun, ya'ni, “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi qonun qabul qilingan. Lekin, ming afsuski, bu qonunning ijrosini nazorat qiliş öz holiga taşlab qöyilgan.
Şu sababli ana şu qonun talablarini bajarmayotgan rahbar va mansabdor şaxslarni nafaqat ma'muriy, balki jinoiy javobgarlikka tortiş zarur, deb hisoblayman.
Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak va bu haqiqatni avvalo barça böğindagi rahbarlar yaxşi tuşunib olişi zarur.
Şu munosabat bilan tadbirkorlik faoliyati va xususiy mulkni himoya qiliş yuzasidan yaqinda qabul qilingan Farmon talablariga sözsiz amal qilişni ta'minlaş şart. Nega deganda, xalq boy bölsa, davlat ham albatta boy va qudratli böladi.
Şu nuqtai nazardan qaraganda, xalq bilan muloqot va inson manfaatlari tuşunçalari özaro şunçalik boğlanib ketganki, ularni bir-biridan aslo ajratib bölmaydi.
Ana şu zaruratdan kelib çiqqan holda, barça qonun hujjatlarida xalq bilan muloqot tizimi haqidagi normalarni aniq belgilab qöyiş lozim, deb hisoblayman.
Ana şu fikr-mulohazalarning barçasini hisobga olib, kirib kelayotgan 2017 yilni yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilişni taklif etaman.
Endi, ijozatingiz bilan, bu boradagi eng dolzarb va ustuvor vazifalarga atrofliça töxtalib ötsam.
Avvalo, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ning asosiy maqsad va vazifalaridan kelib çiqqan holda, davlat organlarining fuqarolar bilan özaro munosabatlari yuzasidan yondaşuvni tubdan qayta körib çiqiş zarur. Bu borada aholi bilan doimiy muloqot qiliş, ularni qiynayotgan muammolarni hal etişning yangi mexanizmlari va samarali usullarini joriy etişimiz darkor.
Biz aholi eng köp murojaat qiladigan davlat idoralari faoliyatida odamlar bilan işlaş böyiça sifat jihatidan mutlaqo yangi tizimga ötiş haqida öylayapmiz. Xususan, 2017 yildan boşlab barça darajadagi hokimlar, prokuratura va içki işlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot beriş tizimi joriy etiladi.
Şu bilan birga, har bir tuman va şaharda “Xalq qabulxonalari”ni taşkil etiş va ularning tölaqonli faoliyat körsatişini ta'minlaşimiz zarur.
Aytiş kerakki, bunday qabulxonalar siyosiy partiyalar, jumladan, Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi tizimida faoliyat körsatişi maqsadga muvofiqdir. Çunki siyosiy partiya fuqarolarning maqsad va manfaatlarini röyobga çiqaradigan kuç sifatida odamlar hayotidagi muammolardan doimo xabardor bölişi kerak.
Ayni vaqtda bu qabulxonalarning huquqiy maqomini, ularning vakolat va majburiyatlarini ham aniq belgilab qöyiş maqsadga muvofiqdir.
Bizning asosiy maqsadimiz – “Xalq qabulxonalari”ga qilingan heç bir murojaat e'tiborsiz qolmaydigan tizim yaratişdan iborat.
Muxtasar aytganda, odamlarning dardini eşitiş, ular bilan oçiq muloqotda böliş, oğirini yengil qiliş – aholining davlat va jamiyatga işonçini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Şu maqsadda aholiga kundalik va eng zarur bölgan davlat xizmatlarini “yagona darça” prinsipi böyiça bir idora orqali körsatiş tizimini takomillaştirişimiz kerak.
Bundan taşqari, har bir hududdagi vaziyatni, avvalo, farmon va qarorlar ijrosini, ularning samaradorligini doimiy ravişda örganib, bu borada davlat organlari mas'uliyatini oşiriş böyiça takliflar işlab çiqadigan tizimni şakllantirişimiz kerak.
Fursatdan foydalanib, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senati rahbariyati, deputatlar va senatorlarga bir taklif bilan murojaat qilmoqçiman.
Ya'ni, parlament va jamoatçilik nazoratining ta'sirçan mexanizmlarini şakllantiriş maqsadida şahar va tumanlarda haqiqiy ahvolni örganib, tegişli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari kengaşlari sessiyasi muhokamasiga kiritiş tartibini joriy etişni hayotning özi taqozo qilmoqda.
Har qaysi viloyatdan, masalan, Surxondaryodan saylangan Oliy Majlis deputatlari va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda, aytaylik, Muzrabot tumanida bölib, özlari saylangan hududdagi ijroiya hokimiyat organi, prokuratura va içki işlar bölimining faoliyatini örganib, tahlil qilişi va tegişli xulosa berişi maqsadga muvofiq bölur edi.
Ma'lumki, hozirgi kunda Oliy Majlisimiz Senati tomonidan har yili Boş prokuraturaning hisoboti eşitiladi. Bu albatta muhim, lekin joylardagi, masalan, uzoq Olot tumanida mahalliy hokimliklar, prokuratura va içki işlar bölimlarining hisobotini kim eşitadi?
Şu nuqtai nazardan qaraganda, Birinçi Prezidentimiz joriy etgan tizim asosida hurmatli Qonunçilik palatasi Spikeri va Senat raisi joylarga çiqqanlarida mahalliy hokimliklar, prokuratura va içki işlar organlari rahbarlaridan ular öz zimmasidagi vazifalarni qay darajada ijro etayotganiga, aholini öylantirayotgan muammolarni, ularning murojaatlarini qanday hal qilayotganiga alohida e'tibor qaratişlari lozim.
Bu boradagi işlarni taşkil etişda parlament sörovi, tegişli davlat idoralari rahbarlari axborotlarini eşitiş kabi vakolatlardan keng foydalaniş kerak.
Ötkazilgan barça örganişlar natijalarini umumlaştirib, har yili bir marta içki işlar vazirining eng avvalo profilaktika sohasidagi faoliyati yuzasidan hisobotini Senatda eşitiş amaliyotini joriy etiş ham töğri böladi, deb öylayman.
Şu maqsadda Oliy Majlis 2017 yildan boşlab har qaysi viloyat böyiça bir yilga möljallangan iş rejasini belgilab olişi örinli bölardi.
Kelgusida biz mahalliy hokimlarni bevosita xalq tomonidan saylaş masalasi haqida ham öylab, muhokama qilib körişimiz kerak. Har bir hudud öz rahbarini özi saylasa, rahbarlarning xalq va jamiyat oldidagi mas'uliyatini keskin oşirişga erişiş mumkin.
Hozirgina bayon qilingan ustuvor vazifalar davlat boşqaruvi tizimini bugungi va ertangi kun talablaridan kelib çiqib, yanada takomillaştirişni taqozo etadi.
Bu borada 2017-2021 yillarga möljallangan, Özbekiston Respublikasida ma'muriy boşqaruv sohasidagi islohotlar konsepsiyasini qabul qiliş közda tutilmoqda.
Uşbu konsepsiyaga muvofiq, davlat boşqaruvi organlari tuzilmasini, vazifa va vakolatlarini optimallaştiriş, ularning öziga xos bölmagan, takrorlanadigan funksiyalarini hamda xodimlar umumiy sonini qisqartiriş, şuningdek, davlatning iqtisodiyotni boşqarişdagi rolini keskin kamaytiriş böyiça aniq tadbirlar amalga oşiriladi.
Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasi ijro apparati faoliyatini takomillaştirişga, qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlar samarali amalga oşirilişini ta'minlaşga alohida e'tibor qaratamiz.
Şu bilan birga, davlat xizmati institutini isloh etiş, davlat xizmatçilarining moddiy va ijtimoiy ta'minoti, ularning kasbiy tayyorgarligini tubdan takomillaştiriş, bu sohaga yangiça fikrlaydigan, mas'uliyatli, taşabbuskor, vatanparvar kadrlarni jalb etiş böyiça samarali tizim yaratiladi.
Ana şu masalalarning barçasi yaqinda işlab çiqiladigan “Davlat xizmati töğrisida”gi qonunda öz ifodasini topadi.