Farğona şahrini viloyatning Şohimardon qişloği bilan boğlovçi avtobus qatnovi qayta yölga qöyildi. Bu haqda Özbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Farğona — Şohimardon» yönalişi böyiça avtobuslar qatnovi 2013 yilning avgust oyida töxtagandi. 25 apreldan boşlab Farğona viloyati hokimining şaxsiy taşabbusi bilan agentlikning viloyat bölimi hamkorligida uşbu yönalişda qatnov qayta yölga qöyilgan.
Yönalişda 2ta Isuzu avtobusi qatnamoqda va unga «Farğona Oltin Vodiy Navkari» MÇJ xizmat körsatmoqda.
«Avtobus yönalişi qayta yölga qöyilişi natijasida Şohimardon aholisining tuman, viloyat markazi va viloyatning boşqa hududlari bilan aloqani yaxşilaş, talabalarning öquv maskanlariga, aholining davolaniş uçun markazdagi şifoxonalarga kelib ketişiga va boşqa yumuşlarni bajarişiga qulay şart-şaroitlar yaratildi», deyilgan xabarda.
Kelgusida yönalişdagi avtobuslar sonini 4taga yetkaziş rejalaştirilmoqda.













