2019-2020 öquv yilidan boşlab "NIYaU MIFI" ("Moskva muhandislik-fizika instituti" milliy tadqiqot yadroviy universiteti)ning Özbekistondagi filialiga ilk 100 nafar talaba qabul qilinadi. Kun.uz muxbiri öquvçilarning mavzuga oid murojaatlari böyiça tegişli taşkilotlar bilan boğlanib, şu haqida xabar berdi. 

Talabalar tört yönaliş böyiça grant asosida (ya'ni, bepul) qabul qilinadi:
1. Yadroviy energetika va issiqlik fizikasi;
2. Yadroviy fizika va texnologiyalar;
3. Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi;
4. Elektr energetikasi va elektr texnikasi.

Oliy öquv yurti filialiga kiriş tartib-qoidasining yakuniy varianti 2019 yilning mart oyida tayyorlanadi. Ayni damda qabul şartlari işlab çiqilmoqda va Moskvadagi "NIYaU MIFI" boş OTM bilan muvofiqlaştirilmoqda. 

Boşqa şaharlardan keladigan talabalarga yaşaş uçun yotoqxona taqdim etiladi, ayni damda uning qurilişi ketmoqda. Şuningdek, zamonaviy laboratoriyalarga ega yangi öquv binolarining qurilişi ham olib borilmoqda.