O‘zbekistonda pensiya hisoblash tartibi soddalashtirildi
Fuqaro tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish hamda qo‘shimcha arxiv ma'lumotlarini talab qilib olish zarurati bo‘lganda, fuqaroga pensiya minimal miqdor bo‘yicha sirtdan rasmiylashtiriladi va keyinchalik qayta hisob-kitob qilinadi

Foto: KUN.UZ
Prezident “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Qayd etilishicha, prezidentning 2019 yil 31 oktyabrdagi PQ–4502-son qaroriga asosan 2020 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun pensiyani hisoblashda mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilash “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mavjud ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Shunday tartib joriy etiladiki, unga muvofiq pensiyani hisoblash uchun mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilashda arxiv ma'lumotlarini taqdim etmasdan:
2005–2016 yillar davri uchun jamg‘arilib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar to‘g‘risidagi ma'lumotlardan;
2016–2018 yillar davri uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma'lumotlaridan;
2019 yil uchun fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma'lumotlaridan foydalaniladi.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan davrlar uchun arxiv ma'lumotlaridan faqat tizimlarda zarur ma'lumotlar mavjud bo‘lmaganda yoki fuqaroning murojaati asosida foydalaniladi. Fuqaro tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish hamda qo‘shimcha arxiv ma'lumotlarini talab qilib olish zarurati bo‘lganda, fuqaroga pensiya minimal miqdor bo‘yicha sirtdan rasmiylashtiriladi va keyinchalik qayta hisob-kitob qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali 2020 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davr uchun zarur ma'lumotlarni yagona tizim orqali yig‘ish maqsadida manfaatdor idoralarning tizim va ma'lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishi, shuningdek, ushbu tizim to‘liq ishlashini ta'minlash uchun ma'lumotlarni raqamlashtirish choralarini ko‘radi;
fuqarolar uchun ularga tayinlangan pensiya to‘lovlari to‘g‘risidagi tegishli ma'lumotlar bilan tanishish, shu jumladan avtomatik hisoblash imkoniyatini yaratishni inobatga olgan holda pensiya tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni kiritadi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:16
-
Toshkentda Gentra YPXdan qochib, 10 dan ortiq mashinalarni urib ketdi
Jamiyat | 22:10
-
Moskvadagi kaltaklash, tanqidga uchragan sertifikatsiya va Andijondagi “radar ovchisi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:35
-
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 21:06
Mavzuga oid

15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi

11:03 / 08.06.2024
Putin ishlayotgan fuqarolarga pensiya indeksatsiyasini qaytarishni taklif qildi

21:54 / 01.05.2024
Eng kam pensiyalar minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkazildi

11:45 / 31.01.2024