2023 yil 18 may kuni IIVga Farğona viloyati, Uçköprik tumani, yaşovçi fuqaro ariza bilan murojaat qilgan.
Qayd etilişiça, joriy yilning aprel oyida özini prezident administratsiyasi xodimi sifatida taniştirgan şaxs va şerigi unga Farğona viloyatining Uçköprik va Beşariq tumanlari hokimlari 30 aprel kuni referendum ötganidan söng lavozimidan böşatilişlarini aytgan.
Ular nomzod qidirib yurganliklarini, Uçköprik tumani hokimi lavozimiga tayinlanişini hal qilib beriş evaziga 80 000 AQŞ dollari, şundan hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun avvaldan 25 000 AQŞ dollari talab qilayotganliklarini bayon qilgan ariza muallifi holat yuzasidan qonuniy çora körişni söragan.
Arizaga asosan, IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat-qidiruv xizmati Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida, Mirobod tumanida ikki nafar şaxs ariza muallifidan talab etilgan pullardan 25 000 AQŞ dollarini bönak sifatida olgan vaqt aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Ularning yonidan bir neçta fuqarolarni rahbarlik lavozimlariga tayinlanişni sörab prezident administratsiyasi nomiga yozilgan ariza va ilova hujjatlari tekşirib köriş uçun olingan.
Mazkur holat yuzasidan şu kuni IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, xar ikki gumonlanuvçi JPKning 221-moddasi tartibida qamoqqa olingan.

















